So’nggi yangiliklar

09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  0 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  1 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  1 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  1 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  4 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5

Andrey SHipilov: “Bugun ko'proq G'aniev va Hamrobekovdan xavfsiragan edik” Yangiliklar

Andrey SHipilov: “Bugun ko'proq G'aniev va Hamrobekovdan xavfsiragan edik”

“Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvi yakuniga etgach, uchrashuv yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHipilov va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Suxrob Nurulloevlar ishtirok etishdi.

Andrey SHipilov: - Avvalom bor, “Nasaf” klubi rahbariyatiga bizni yaxshi kutib olishgani, bizga nisbatan ko'rsatilgan hurmat va yaratib berilgan sharoit uchun katta tashakkur izhor etaman. Bu minnatdorchiligimni o'yin qanday natija bilan tugagan taqdirda ham aytgan bo'lar edim. CHunki bizga mehmon siftatida katta ehtirom ko'rsatildi. Bu erdagi sharoitlar alo darajada. Endi o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam. Biz bugun qanday raqib bilan o'ynashimizni oldindan tasavvur qilgan edik. “Nasaf”da ajoyib murabbiylar, kuchli va taniqli futbolchilar bor. Jamoaning aksariyat o'yinchilari turli terma jamoalarda to'p tepishadi. Biz bugun kuchli raqib bilan o'ynadik. Bu jamoa bilan ochiq futbol o'ynash juda xavfli. Bugungi durang biz uchun g'alabaga teng bo'ldi.


Suhrob Nurulloev: - Avvalom bor, bugungi uchrashuvda bizga dalda bo'lgan muxlislarimizga o'z tashakkurimni bildiraman. Biz bugun kuchli raqibdan ochko olishga erishdik. Bugun jamoadoshlarimiz juda ahil o'yin ko'rsatishdi. Keyingi o'yinlarda ham ijobiy natijalarni qo'lga kiritib, muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz.  

Andrey SHipilov: - Bugungi uchrashuvning dastlabki bo'limida bizda o'z kuchimizga bo'lgan ishonch etishmadi. Dastlabki daqiqalarda yaxshi himoyalandik. To'g'risi, biz G'aniev va Hamrobekovdan juda xavfsiragan edik. Kutganimiz bo'ldi, G'aniev darvozamizga gol urishga erishdi. Bu futbolchi juda mazmunli o'yin ko'rsatadi. U ustalik bilan bugun gol urdi. Hattoki bu golda posbonimizni ayblash noo'rin bo'ladi. G'anievning mahoratiga tan bermasdan ilojimiz yo'q. Ikkinchi bo'limni mazmunliroq o'tkazdik, chunki tanaffusda futbolchilarimizga kerakli ko'rsatmalarni berdgan edik. To'g'ri, raqibimiz bugun bizga nisbatan kuchli o'ynadi. Biz ham bexato himoyalandik, ko'p vaziyatlarda darvozabonimiz mahoratini namoyish etdi.

Suxrob Nurulloev “Paxtakor”da qo'limda shug'ullangan. Men bu o'yinchini kelajagiga ishonaman. SHuning uchun unga ishonch bildirayapman. U avvalgi klubida raqobat kuchli bo'lgani uchun  zaxirada qolib ketayotgan edi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика