So’nggi yangiliklar

02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  17 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  8 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

Andrey Polxovskiy: "Omadimiz kelmagani uchun yutqazdik" Yangiliklar

Andrey Polxovskiy: "Omadimiz kelmagani uchun yutqazdik"

Teglar :  Futzal
Osiyo chempionati 2-turidan o'rin olgan Qirg'iziston - O'zbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Andrey Polxovskiy qatnashdi.
"Bugun omadimiz kelmadi. Birinchi bo'lim oxirida gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi golda hakamning xatosi tufayli bo'ldi. Darvozabon to'pni 5 soniya to'pni ushlab turmagandi. Bugun rejalarimizni amalga oshirdik. Umid qilamanki, uchinchi turda Saudiya Arabistonini mag'lub etamiz", - deydi Andrey Polxovskiy.

- Nima uchun pressing o'xshamadi?

- Biz bilan siz ikkita o'yinni ko'rdik shekilli, bugun aynan pressing bizda yaxshi chiqdiku. Ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Ammo omadimiz kelmadi.

- O'yindan qoniqdim deyapsiz. Nega yuta olmadingiz.
- Bugun omadimiz kelmadi. Bitta urib ikkita o'tkazganimiz uchun yutqazdik. Ilk daqiqada to'pni darvoza ustuniga tegishi ham menga yoqmadi. Raqib 8 oy davomida musobaqaga tayyorgarlik ko'rgandi va ko'plab o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazgandi. Biz esa 5ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik xolos.

- Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rasizlar? O'sha o'yindagi g'alaba sizlarga chorak finalga chiqish uchun etarli bo'ladi deb o'ylaysizmi?
- Ko'p narsa O'zbekiston - Livan bilan o'yindagi natijaga bog'liq bo'ladi. O'zbekiston chorak finalga chiqib bo'ldi, shu bois bir qator o'yinchilarga dam berilishi mumkin. Buni bilmayman. Biz o'zimiz Saudiya Arabistonini yutishimiz kerak. Qolgani omaddan. O'yinga qanday tayyorgarlik ko'ramiz? Biz har kuni mashg'ulot o'tkazamiz, ertaga ham mashg'ulot bo'ladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика