Andrey Polxovskiy: "Eron terma jamoasiga qarshi xotirjam tayyorgarlik ko'ramiz"
14 fev 2016 21:03
Yangiliklar


Andrey Polxovskiy: "Eron terma jamoasiga qarshi xotirjam tayyorgarlik ko'ramiz"
"Birinchi navbatda raqibni taktik tahlil qilganimiz tufayli ularni mag'lub etdik. Ularning o'yinchilari individual juda yaxshi harakat qilishini bilgandik. Jamoaviy o'yinda ular sust harakat qilishini ko'rdik. Himoyamizda bazi muammolar paydo bo'ldi, birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborish rejalarimizda yo'q edi. Qirg'iz xalqini chorak final bilan tabriklayman.
Raqibni maydon markazida kutib olishga harakat qildik, o'girilishga imkon bermaslikka harakat qildik. Agar ular bizning tomonga o'tib olishsa biroz chekindik. Ular bir kishini aldashi qiyin bo'ldi va shu sabab pasga tayanib o'ynashga to'g'ri keldi. Paslarga esa ochiq joy etishmadi.
Eron terma jamoasiga qarshi xotirjam tayyorgarlik ko'ramiz. Ular turnirning favoriti va barqaror o'yin namoyish etishmoqda. Ammo bu jamoaning ham kuchsiz tomonlari bor, eronliklarning shu tomonini qidirishga harakat qilamiz" - deydi Andrey Polxovskiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar