So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  18 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  75 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

Andrey Miklyaev: "Yomg'irda kelgan muxlislarga rahmat" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Yomg'irda kelgan muxlislarga rahmat"

OCHL doirasidagi "Lokomotiv" - "Zob Ahan" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev qatnashdi.

"Zob Ohan"ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. SHunday yomg'irda stadionga kelgan muxlislarga katta rahmat aytamiz. Afsuski yutqazib qo'ydik. Gol o'tkazib yuborgach oldinga o'tdik...Ortga qarasak "Al Duhail" bilan uydagi o'yinda alamli tarzda yutqazgandik. Bu OCHLda navbatdagi bor tajriba orttirdik, - deydi Miklyaev.

"Barchamiz bor kuchimiz bilan harakat qildik. Omad desam noto'g'ri bo'lsa kerak, balki mahorat etishmayaptimi bilmadim. SHunday yomg'irda kelgan muxlislardan uzr so'raymiz", - deydi Islom To'xtaxo'jaev.

- O'tgan mavsum 8ta mag'lubiyat qayd etilgandi. Bu mavsumda esa 6 bor yutqazib bo'ldinglar... Muhit yaxshimi?
- Jamoada muhit yaxshi. Yigitlar yugurishmoqda. Ammo natija bo'lmayapti. Jismoniy holatda yutqazayapmiz deya olmayman, taktik tomonlama yutqazayapmiz deya olmayman. Rashidov bilan bog'liq vaziyat borasida kecha o'zi tushuntirish berdi. Biz barchamiz chuqurga tushib ketdik va undan birga chiqib ketishimiz kerak. Jarohatlar bo'ldi, diskvalifikaciyalar bo'ldi, taqvimni bilasiz qandayligini. Uchib kelamiz tiklanish va tayyorgarlik mashg'uloti va o'yin. O'yinlarga tayyorlanishga vaqt bo'lmadi.

- Agar shu murabbiylar jamoada qolishsa "Lokomotiv" kuchli oltilikka kira oladimi?
Islom To'xtaxo'jaev: - 
Kuchli oltilik emas xudo xohlsa chempion bo'lishga harakat qilamiz. Muhit haqida so'radingiz jamoada muhit ajoyib. 

- Timur Kapadze fevral oyida murabbiylar shtabidan chiqib ketdi. Balki uning ketishi yo'qotish bo'lgandir?

Islom To'xtaxo'jaev: - Albatta Kapadzening o'rni bilinadi. Ammo uning ketishi muhitga hech qanday tasir qilmadi. Biz har bir o'yinda bor kuchimiz bilan o'ynayapmiz.

- CHo Suk Jae xato transfermi?

- Ha. SHunday deb o'ylayman.  U tarkibga qo'shila olmayapti.

- SHerzod Karimov nima uchun o'ynamayapti?

- U mashg'ulotlar vaqtida o'z ustida ishlamay qo'ydi. Asosiy tarkibga kirish uchun kurashmay qo'ydi. 

Islom To'xtaxo'jaev: Futbolchi sifatida javob bermoqchiman. CHo Suk Jae yangi jamoaga keldi, unga vaqt kerak deb o'ylayman. SHerzod Karimov ham shunday holatda balki u yangi jamoaga moslashishi uchun biroz vaqt talab qilinar. Sardor Rashidovni ko'pchilik tanqid qilmoqda. U BAAdagi klubida deyarli bir yil o'ynamadi. Hali o'yin tonusiga kirishiga vaqt kerak. U o'zbek futboli uchun kerakli futbolchi tanqid emas qo'llab quvvatlash kerak bunday o'yinchilarni.



Reyting: -158   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика