Andrey Miklyaev: "Umid qilamanki, bu g'alaba oxirgisi bo'lmaydi"
30 mar 2019 19:18
Yangiliklar


Andrey Miklyaev: "Umid qilamanki, bu g'alaba oxirgisi bo'lmaydi"
“Surxon” – “Dinamo” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugun principial ahamiyatga ega bo'lgan uchrashuvda maydonga tushdik va shukr, yakunda uni g'alaba bilan yakunlay oldik. Jamoamiz ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Umid qilamanki, bu g'alaba oxirgisi bo'lmaydi. To'g'ri, hali o'yinimizda ishlash va yaxshilash lozim bo'lgan jihatlar ko'p. Lekin bu haqda gapirib o'tirmoqchi emasman. Eng muhimi – biz bugun oldimizga qo'yilgan maqsadga eta oldik – 3 ochkoni qo'lga kiritdik, - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar