So’nggi yangiliklar

19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  5 19:00U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23 (матнли трансляция)  36 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  0 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  4 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  6 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  4 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  4 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   2 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0

Andrey Miklyaev oliy ligadagi eng kuchli jamoa nomini aytdi Yangiliklar

Andrey Miklyaev oliy ligadagi eng kuchli jamoa nomini aytdi

"Lokomotiv" - "Navbahor" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev o'z fikrlarini bildirdi.
- Uchrashuvni ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurmaganimiz bilan izohlash mumkin. Umuman olganda o'yindagi qo'yilgan vazifani bajardik. Marat Bikmaev ham maydonga tushib gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hisob yirik bo'lishi mumkin edi. Ammo hali aytib o'tganimdek, ko'plab vaziyatlardan unumli foydalana olmadik.
Kone yaqindagi terma ixtiyoridan qaytib kelgani uchun bu bahsga tayyor emasdi.

Sanjar SHoahmedov biroz futboldan chetda qolgandi. Jamoamiz safiga qo'shilganidan keyin o'rtada yanada raqobat oshdi. SHoahmedov hozirda asosiy tarkibdagi o'rni uchun kurashishi kerak.

CHempionatdagi eng kuchli jamoa kim? Ko'plab jamoalar bilan o'ynadik. Ammo hozirgi kunda chempionatda "Nasaf" ayni kuchga to'lgan payt. Ularda tarkib ham deyarli o'zgarishlarsiz, murabbiy ham ko'p yillardan buyon ishlaydi, klub strukturasi ham juda yaxshi, Qarshida zo'r stadion bor va muxlislari ham ajoyib. "Nasaf" ketma-ket g'alabalarni qo'lga kiritmoqda, hozirgi kunda jamoa juda zo'r o'ynamoqda.

O'tgan safar ham "Nasaf"ni alohida takidlagandim va bu fikrim o'zgargani yo'q. Hozirgi kunda "Nasaf" o'yin tomonlama ham juda kuchli raqib sanaladi.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика