So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   30 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  5 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Andrey Miklyaev: “Nasaf” bugun g'alabaga haqliroq o'yin ko'rsatdi” Yangiliklar

Andrey Miklyaev: “Nasaf” bugun g'alabaga haqliroq o'yin ko'rsatdi”

“Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvi yakunlangach o'yin yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Lokomotiv” jamoasi ustozi Andrey Miklyaev ishtirok etdi va quyidagi fiklarini bildirib o'tdi.

-So'zimni boshida “Nasaf” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. SHuningdek Berdievni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi unvoni bilan taqdirlangani bilan ham muborakbod etaman. Albatta bu yuksak unvon, bu biz uchun ham yoqimli. Bu Prezidentimiz SH.M.Mirzieyovning biz murabbiylarga bo'lgan katta etiborlari deb, bilaman.  

Endi bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, bugungi o'yin muxlislarga juda yoqdi deb, o'ylayman. Har ikkala jamoa chiroyli va shiddatli o'yin namoyish etishdi. Ular hammamizni hayajonda ushlab turishdi, To'g'risi, 90 daqiqa qanday o'tib ketganligini o'zim ham sezmay qoldim. Albatta bunday muhitda, bunday stadionda va maydonda o'ynash har qanday jamoa uchun yoqimli. Ammo afsuski biz bugun dastlabki 10 daqiqada o'yinni berib qo'ydik, bunda maydon egalarining ko'rsatgan katta bosimiga qarshi tura olmadik. Xatomiz tufayli hisobda orqada qoldik. SHundan so'ng o'yin barqarorlashdi. Hattoki hisobni tenglashtirishda imkonlar ham bo'ldi. Ammo bugun bizga omad etishmadi. O'yin oxirida biz tavakkal qilishga majbur bo'ldik. Hisobni tenglashtirish uchun hujumga o'tib ketdik. Bunda himoyada xatoga yo'l qo'ydik, oqibatda darvozamizdan ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Bugungi o'yinda “Nasaf” futbolchilari bizga nisbatan g'alabaga haqliroq o'yin ko'rsatishdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика