So’nggi yangiliklar

09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  0 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4

Andrey Miklyaev: "Muhim o'yinda g'alaba qozondik" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Muhim o'yinda g'alaba qozondik"

"Lokomotiv" hamda "Al-Ahli" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan keyin "temiryo'lchilar" ustozi Andrey Miklyaev matbuot-anjumanida ishtirok etdi.
"Albatta g'alabadan xursandmiz. Endi oliy ligaga tayyorgarlik ko'ramiz. Sekin asta mavsumga kirib borayapmiz. Bugungi bahs juda muhim edi. Barcha yigitlar bugun bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun shiori bilan o'ynadik", - deydi Miklyaev.

"Birinchi turda mag'lub bo'lganimizdan so'ng bugun yutishimiz shart edi. SHunda guruh bosqichidagi vaziyatni yaxshilab olardik", - deydi uchrashuvning eng yaxshi yarim himoyachisi Salamat Qutiboev.

- O'zbekiston klublari Saudiya Arabistoni klublariga ko'pincha yutqazadi, BAA klublarini esa mag'lub etadi. Ular o'zaro o'ynashsa esa BAA klublari yutadi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- To'g'risi bunday statistikani bilmayman. Bu futbol, barchasi shundan kelib chiqadi. Biz doim g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bugun omadimiz ham keldi. Tezkor gol urdik va g'alaba qozondik.

- Masharipov orqaroqda o'ynashi murabbiylar shtabi ko'rsatmasimidi?

- SHunchaki uning qanotida o'ynayotgan yarim himoyachi oldinroqda o'ynadi. SHu bois Jalol orqaroqda uni qo'riqladi va unga bosim tashkil etdi.

- Ikkinchi o'yinda ham Krizo zaxirada qoldirildi...
- Bugun tarkibimizda ilk bor Nore Krizo maydonga tushdi. O'tgan o'yinda unga imkon bermagan edik. Ammo bu gal Krizoga o'zini ko'rsatish imkoniyati taqdim etildi. Ushbu futbolchi anchagina o'sadigan o'yinchi. Unda yaxshi o'yinni o'qiy bilish qobliyati bor. Ishonchim komil, hali bu hujumchimiz o'zini ko'rsatadi.

- Birinchi daqiqa, birinchi gol. Hissiyotlar qanday?

Salamat Qutiboev: - Barchasi oddiy. O'zbekiston chempionati bilan bir xil hissiyotlar. Men uchun raqibning ahamiyati yo'q. Gol doim xursand qiladi.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика