Andrey Miklyaev: "Mavsumni alo kayfiyatda boshladik"
12 fev 2018 18:41
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: "Mavsumni alo kayfiyatda boshladik"
"Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. Mavsumni alo kayfiyatda boshladik. Barcha yigitlar ajoyib o'ynashdi. 5:0 hisobidagi g'alabadan xursandmiz. Keyingi o'yingacha oz vaqt bor, shu bois ham tayyorgarlikni ertadan boshlaymiz. Nivaldo? Unda kichik jarohat bor edi, tavakkal qilishni istamadik. Uning holati ertaga aniq bo'ladi. Raqibning legionerlari kelmagani rejamizga tasir qilmadi. CHo Jae o'yinga tayyor edi, lekin bugungi uchrashuvda boshqa futbolchilarga imkon berdik. Uning jismoniy holati yaxshi. Mavsum uzoq va unga ham imkoniyat beramiz. Ertaga "Nasaf" jamoasiga muxlislik qilamiz. Eronda o'ynash qiyinligini bilamiz, o'ylaymanki ular ijobiy natijaga erishishadi", - dedi Andrey Miklyaev.
"Birinchi taymda teng o'yin bo'ldi. Ikkinchi taymda tezkor gollar urganimiz evaziga yirik g'alabaga erishdik. Gol urgan paytda darvozabon oldinga chiqqanini va Rashidov ochilganini ko'rdim. Lekin zarba berdim va gol urdim. Keyingi uchrashuvlarda o'yinoldi matbuot anjumaniga murabbiylar olib kelishsa kelaveraman", - deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Ikrom Aliboev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar