So’nggi yangiliklar

22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  11 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  0 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  6 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  1 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  4 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  1 20:24Қизларга футзал керак  11 19:45Симеоне "Реал"га қарши баҳс олдидан: "Ҳакам ҳақида ўйлаётганим йўқ"  12 19:24"Ал Насср" - "Ал Фейҳа". Криштиану Роналду ва Отабек Шукуров асосий таркибда  6 18:52Эрон. Чемпонлик учун курашётган Ўткир Юсупов ва "Фулад" ютқазиб қўйди  0 18:34Хитойдаги Осиё Кубогида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам иштирок этади  0 18:18Назорат учрашуви. "Динамо" - "Арал" 1:1  1 18:00"Интер Майами" янги мавсум учун барча абонементларини сотиб бўлди  2 17:39Расман: "Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусановни Чемпионлар лигаси учун рўйхатдан ўтказди  20

Andrey Miklyaev: "Lokomotiv" rahbariyati va futbolchilarini tabriklayman" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Lokomotiv" rahbariyati va futbolchilarini tabriklayman"

Teglar :  Andrey Miklyaev
"Lokomotiv" va "Al Nasr" o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.

"Lokomotiv" rahbariyati va futbolchilarni guruhdan chiqqani bilan tabriklayman. Ancha yillardan buyon o'zbek klubi guruhdan chiqa olmagandi. Birinchi bo'limda gol ura olmadik. Raqib "avtobus" himoyada o'ynadi. Bizda 3-4ta vaziyat bo'ldi. Ikkinchi bo'limda natija uchun o'ynashga majbur bo'ldik. Guruhda birinchi o'rinni olganimizdan xursandman.

- "Bunyodkor" stadionida biz ham gol ura olmadingiz?

Biz harakat qildik, raqib juda ko'pchilik bo'lib himoyada o'ynadi. 1/8 finalni qaysi stadionda o'tkazishimizni hozir men bilmayman. O'zimizga qolsa "Lokomotiv" stadionida o'tkazishni istardik.

- "Al Hilol" haqida nima deya olasiz?

"Al Hilol" kuchli jamoa. O'tgan yil ham bu jamoaga qarshi o'ynagandik. Bu jamoani o'rganib chiqishga vaqtimiz bor. Texnika rivojlanib ketgan, videolar orqali ham raqibni o'rganishimiz mumkin.

- O'yindan oldin qanday ko'rsatma berilgandi?

- Birinchi bo'limda gol urish vazifasi qo'yilgandi. Tanaffus vaqtida esa raqibga qarab o'ynashni aytdik. Natija uchun o'ynaganimizni tan olaman.

- 1/8 finalda "Paxtakor"ga qarshi o'ynaganingizda osonroq bo'larmidi?

- Yo'q. Bunday hisoblamayman. Agar "Paxtakor" bilan o'ynaganimizda qiziq bo'lardi. Bundan tashqari chorak finalda bitta jamoamiz bo'lardi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика