So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  6 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Andrey Miklyaev: "Krizoning transferi xatomidi? Bilmayman" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Krizoning transferi xatomidi? Bilmayman"

OCHL 4-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.
"Ertangi o'yinning muhimligini tushunib turibmiz. Ertaga ochko yo'qotmasligimiz kerak, shunda guruhda kurashni davom ettiramiz. Ertaga gol urib gol o'tkazmaslikka urinamiz. Safardagi bahsda 0:2 hisobida yutqazdik, u erda raqib bizdan katta ustunlik qildi demagan bo'lardim. SHunchaki ular vaziyatlardan foydalanishdi", - Andrey Miklyaev.

"Qiyin o'yin kutib turibdi. CHunki jamoalarning ochkolari bir biriga juda yaqin. G'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz", - deydi Ikrom Aliboev.

- Bu mavsumda "Lokomotiv"ga nima etishmayapti.
- Omad etishmayapti. SHunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Ertaga xudo xohlasa g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Ertangi o'yindan oldin yo'qotishlar bormi?
- SHuhrat Muhammadiev va Salamat Qutiboevning jarohatlari bor. Ular ertaga maydonga tushishmaydi. Timur Kapadze esa so'roq ostida.

- Ertaga "Lokomotiv" ikki hujumchi bilan o'ynashi mumkinmi?
- Barcha narsa bo'lishi mumkin. Ammo hozir barchasini ayta olmayman. Raqib autlar vaqtida juda samarali harakat qilishadi. Ularda aut xuddi burchak to'pidek bo'ladi.

- Ertaga Sirojiddin Sayfievni qo'llab quvvatlash akciyasi amalga oshiriladi. Bu borada fikrlaringizni bildirsangiz.
Ikrom Aliboev:
- Ertangi bahsga barchani chorlab qolaman. Birinchidan ular olgan chipta pullari xayriya yo'lida amalga oshiriladi. Ikkinchidan chiroyli o'yin ko'rishadi deb o'ylayman.

- Krizoning transferi xato edimi?

- (kuladi) bilmayman. Hozircha Bikmaevga raqobatda yutqazmoqda.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика