So’nggi yangiliklar

20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6

Andrey Miklyaev: “Jamoamizga safar o'yinlarida og'ir bo'lmoqda” Yangiliklar

Andrey Miklyaev: “Jamoamizga safar o'yinlarida og'ir bo'lmoqda”

“Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Miklyaev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:
- Bugun jangovor va qiziqarli o'yin bo'ldi. 90 daqiqa davomida maydonda murosasiz kurash kechganligi muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Maydondagi kurashlar soni ancha ko'p bo'ldi. O'ylashimcha uchrashuvda ikki ochko yo'qotdik. Negaki, hisobda oldinda borayotib ikkinchi bo'lim boshida xatoga yo'l qo'yib darvozamizdan to'p olib chiqdik. Tanaffusdan keyin to'pni nazorat qilish borasida ustunlikka ega bo'la turib, gol urishni uddasidan chiqa olmadik. Yigitlarimiz iroda ko'rsatib, yaxshi o'yin ko'rsatishdi va oxirigacha kurashishdi deb hisoblayman. Namanganda muxlislar bilan to'la o'yingohda o'ynash har qanday jamoa uchun oson bo'lmaydi. Uch ochkoni qo'lga kirita olmaganimizdan biroz afsuslandik. Lekin, asosiysi oldinga intilishda davom etmoqdamiz.

Yaxshi o'yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Bu yilgi chempionatimiz ancha qiziqarli tarzda kechmoqda. O'yinlarni qanday o'tishini oldindan aytish ancha mushkul bo'lmoqda. Bizga qarshi uchrashuvlar aynan shunday jangovor tarzda kechmoqda. Negaki, barcha jamoalar peshqadamga qarshi bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rishmoqda. Muxlislar “Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuvlarni tomosha qilish uchun o'yingohlarga kelishmoqda. SHu sababli jamoamizga safar o'yinlarida og'ir bo'lmoqda.

Biz bu holatga ko'nikib bormoqdamiz va yigitlarda doim shunday bo'lishini uqtirmoqdamiz. Bir so'z bilan aytganda chempionatimiz saviyasi o'smoqda. SHu o'rinda “Navbahor” futbol klubi rahbariyatidan o'yingoh maydonini yaxshilashga etibor qaratishlarini so'rardim. Saviya va o'yin sifatini oshirish uchun maydon holati ham shunga mos bo'lmog'i lozim. SHu paytga qadar ko'rgan maydonlarimiz orasida eng yomoni aynan Namanganda ekanligini aytishim mumkin. Maydon sifatini yanada yaxshi bo'lishini istardim. Bu orqali “Navbahor” jamoasi va Namanganda mehmon bo'ladigan jamoaning o'yin sifati va saviya yanada ortadi deb o'ylayman.
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика