Andrey Miklyaev: "Ikki ochko yo'qotganimizga ob-havo ham biroz tasir o'tkazdi"
29 apr 2019 21:23
Yangiliklar


Andrey Miklyaev: "Ikki ochko yo'qotganimizga ob-havo ham biroz tasir o'tkazdi"
“Surxon” – “Andijon” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugungi bahs qiyin o'tganini ayta olaman. Bunga hukm surgan ob-havo ham biroz tasir o'tkazdi. Biz o'zimiz istagan natijani qayd eta olmadik. Raqib himoyasini yorib o'tib, darvozani ishg'ol etishning imkoni bo'lgani yo'q. O'zi umuman hujumda ko'plab vaziyatlar yuzaga ham kelmadi. 2-3 ta qulay imkoniyatni esa qo'ldan boy berdik. SHu sababdan bugun jamoamiz 2 ochko yo'qotganini takidlay olaman, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar