So’nggi yangiliklar

20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6

Andrey Miklyaev: "Guruhdan "Lokomotiv" va "Al Nasr" chiqsa adolatdan bo'lsa kerak" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Guruhdan "Lokomotiv" va "Al Nasr" chiqsa adolatdan bo'lsa kerak"

Xabaringiz bor, ertaga "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-tur doirasida "Al Nasr" (BAA) mehmoni bo'ladi.

Bugun  o'yin bo'ladigan "Al Maktum" stadionida ertangi bahs oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev hamda jamoa yarim himoyachisi Sardor Mirzaev ishtirok etdi.

A.Miklyaev: - Avvalambor bizni yaxshi kutib olishgani uchun "Al Nasr" futbol klubiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Biz Dubayga oldin ham kelganmiz va bu shahar doim iliq taassurot qoldirgan. Bevosita ertangi uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsam, o'ylaymanki, ikkala jamoa ham o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qiladi. CHunki hozirda ikkala jamoada ham keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Bizning maqsad chiroyli o'yin ko'rsatgan holda safardan ijobiy natija bilan qaytish va buning bor kuchimizni ishga solamiz".

S.Mirzaev: - Avvalo hammaga Assalomu Alaykum! Bosh murabbiyimiz aytib o'tganidek, ertangi uchrashuv biz uchun muhim ahamiyatga ega. Biz raqibni hurmat qilamiz. SHuning qatorida chiroyli o'yin ko'rsatgan holda g'alaba bilan qaytishni xohlaymiz. O'ylaymanki, ertangi o'yin qiziq kechadi.

- Malumki, "Al Nasr" va "Lokomotiv" 2013 yilgi Osiyo chempionlar ligasida ham bir-biriga qarshi bahs olib borgan. SHundan beri har ikkala jamoa qanchalik o'zgardi deb o'ylaysiz?
A.Miklyaev:
- SHundan beri ozmi-ko'pmi vaqt o'tdi, futbol bir joyda turgani yo'q. Biz ham, raqib ham kuchayishda davom etmoqda. Buni jamoalarning bu yilgi chempionlar ligasidagi ishtiroki ham aytib turibdi. O'tgan yil guruh o'yinlaridan o'ta olmagandik, ammo bu safar qulay imkoniyatni qo'ldan boy bermaymiz degan umiddamiz.



- Guruhdagi vaziyat haqida qanday fikrdasiz?
A.Miklyaev:
- Musobaqa boshlanmasidan oldin Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi guruh favoriti bo'ladi deb o'ylagandim. Lekin o'zingiz ko'rib turgandek futbolda oldindan bir narsa deyish qiyin. Hozir biz birinchi, ertangi raqib "Al Nasr" esa ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Agar shu ikki jamoa keyingi bosqichga yo'l olsa, bu adolatdan bo'lsa kerak.  

- "Lokomotiv" ham ichki chempionatda, ham OCHLda ijobiy natija qayd etmoqda. Buning sababi nimada?
A.Miklyaev:
- Asosiy sabablaridan biri jamoamizning ahilligida. To'g'ri, bizning tarkibda "Al Nasr"dagi kabi nomdor legionerlar yo'q, lekin bizda terma jamoaga nomzod kuchli mahalliy o'yinchilar yig'ilgan. SHuning evaziga yaxshi natijalar qayd etib kelyapmiz deb o'ylayman.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика