So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  80 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Andrey Miklyaev: Guruhdan chiqish uchun oldindagi uchrashuvlarni yutishimiz shart Yangiliklar

Andrey Miklyaev: Guruhdan chiqish uchun oldindagi uchrashuvlarni yutishimiz shart

Teglar :  Lokomotiv
Ertaga, “Lokomotiv” Osiyo CHempionlar Ligasi 2018 yilgi mavsumi guruh bosqich 5-tur o'yinlari doirasida BAAning “Al Vahda” jamoasi bilan bahs yuritadi.

Bugun mazkur o'yin oldidan har ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.  Unda “temiryo'lchilar” jamoasi ustozi Andrey Miklyaevga mahoratli futbolchi Nivaldo hamroxlik qildi va jurnalistlarning savollariga javob berdi:

zoxir akramxonov zohirbek

– Bizni oldinda juda murosasiz uchrashuv kutib turibdi. Zero keyingi bosqich masalasini allaqachon ijobiy hal qilishga ulgurgan “Al Duhail”dan tashqari qolgan 3ta jamoada ham hamon nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoni mavjud. SHu boisdan “Al Vahda” ham ertangi o'yinda g'alabani qo'lga kiritish maqsadida o'ynaydi. Biroq biz ham Abu Dabiga 3 ochkoni ko'zlagan holda keldik. Keyingi bosqichga chiqish uchun bizdan oldindagi ikkala qolgan o'yinni ham yutish talab etiladi. Jamoamiz mazkur bellashuvga jiddiy hozirlik olib bordi.

Bilasizmi, biz CHempionlar Ligasini juda muvaffaqiyatli boshlagandik. Biroq keyingi o'yinlarda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo'ydik. Lekin yutkazgan uchrashuvlarimizda ham jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmadi. Faqatgina omad raqib tarafida bo'lgani uchun ham mag'lub bo'ldik, xolos. Bundan buyon yutkazishga haqqimiz yo'q. Jamoamiz ishqibozlarining ishonchini oqlash uchun ham ertaga maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va uyga 3 ochko bilan qaytishga urinamiz, – dedi tajribali mutaxassis. 

andrey miklyaev lokomoitiv  coach

– “Al Vahda” – yaxshi shakllangan jamoa. Biroq raqibga hurmat saqlagan holda aytishim lozimki, ertangi o'yinda biz faqat va faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz.  Zero bundan o'zga choramiz ham yo'q.  Keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun 3ta jamoa o'rtasida juda murosasiz bahs borishiga aminman. Umid qilamanki, ertaga maydonda chiroyli va mazmunli o'yin namoyish etgan holda nimchorak finalga chiqish imkoniyatlarimizni saqlab qolamiz, – dedi Nivaldo.

nivaldo rodrigues ferreira lokomotiv

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика