So’nggi yangiliklar

23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  4 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  6 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0

Andrey Miklyaev: "Ertaga uch nafar futbolchi maydonga tushmaydi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Ertaga uch nafar futbolchi maydonga tushmaydi"

"Lokomotiv" hamda "Al-Ahli" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan oldin "temiryo'lchilar" ustozi Andrey Miklyaev va futbolchi Jaloliddin Mashiripov matbuot-anjumanida ishtirok etishdi.

"O'yinga qiziqish ancha yuqori. Albatta barcha masuliyatni tushunib turibmiz. Ilk turda yutqazib qo'ydik, futbol shunday narsa xato qildik va mag'lub bo'ldik.

"Al Ahli" oxirgi o'yinlarda deyarli mag'lub bo'lmaydi, bu jamoa u qadar ko'p gol urmaydi, o'tkazmaydi ham. Ochkolar olishga urinib ko'ramiz, - deydi Andrey Miklyaev.


"Murabbiy to'g'ri aytib o'tdi. Ertaga Osiyoning eng yaxshi klublaridan biriga qarshi o'ynaymiz. Yo'qotadigan ochkoni yo'qotib bo'ldik. Ertangi bahsda 3 ochko olishimizga ishonaman", - deydi Masharipov. 


- Tarkibda hujumchilar bor. Ammo ilk turda hujumda yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov o'ynadi. Buni qanday izohlaysiz? 

- Hujumda muammolarimiz bor. U qadar ko'p hujumchilarimiz yo'q. SHu bois Masharipovni hujumda sinovdan o'tkazib ko'rdik. Ertaga nominal hujumchi maydonga tushadi. 

- Aliboevning holati qanday? 

- Afsuski uning jarohati bor. Ertaga Ikrom Aliboev, Diyorjon Turopov va Murod Bobojonov jarohatlari bois maydonga tusha olishmaydi. 

- Hujumchilar kam dedingiz. Mavsumni qanday o'tkazasizlar? 

- SHunday o'tkazamiz. Krizo, Bikmaev va Masharipov bor. Futbolda hozir universallik kerak. Bitta joyda emas ko'p joyda o'ynay olishi kerak. 

- "Lokomotiv"ga ham "Paxtakor"dagidek kirishib ketdingizmi? 

Jaloliddin Masharipov: - Albatta salgina hayajon bor. Lekin ko'plab yigitlar bilan tanishman. 

- Ignatiy Nesterovning holati qanday? Jamoa tomonidan qo'llab quvvatlash sezilmoqdami? 

- Ignatiy albatta o'sha o'yindan keyin biroz tushkunlikka tushib qoldi. Ammo u bilan gaplashib oldik. Nesterov bizning asosiy darvozabonimiz. 

- "Lokomotiv" rahbariyati bu yilgi maqsad OCHL yarim finaliga chiqish ekanligini aytdi. Futbolchilar bunga qanchalik ishonishmoqda? 

Jaloliddin Masharipov: - SHaxsan men ishonaman. Futbolchilar mehnat qilishsa bunga erishsa bo'ladi. Bizda mavsum endi boshlandi. Bir-ikkita o'yindan so'ng yigitlar bir-biri bilan tushunib ketishadi. 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика