So’nggi yangiliklar

14:34БАА кундалиги: Шаржада "йўқотилган" вақт  1 14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  1 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   1 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  1 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  16 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  15 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  3 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0

Andrey Miklyaev: "CHempionat ana endi chinakamiga qizg'in tus oladi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "CHempionat ana endi chinakamiga qizg'in tus oladi"

Oliy liganing 25-Turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (4:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev qatnashdi.


- Biz uchun bugungi bahs oson o'tgani yo'q. Jamoamiz oxirgi o'yinlarda ochkolarni yo'qotgandi. SHu bois bu o'yin bizga ruhiy tomonlama qiyinroq kechdi. Rahbariyat ham jamoamizning so'nggi muvaffaqiyatsiz o'yinlaridan ranjigan edi. O'yin oldidan kichik bosim mavjud edi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Jamoamizning jismoniy holati ayni paytda ideal darajada emas. Futbolchilarda charchoq alomatlari sezilib turibdi. Ko'plab futbolchilarimiz yaqinda terma jamoa ixtiyoridan qaytishdi.

Bobur Yo'ldoshevning qaytishi? Uning o'yinidan qoniqish xosil qildim. G'alati eshitilishi mumkin, ammo bugun maydondagi eng kuchga to'la futbolchi aynan Yo'ldoshev bo'ldi. Yo'ldoshev himoyada nafaqat ishonchli, balki kutilganidan ham yaxshiroq harakat qildi. Bobur futbolni sog'inib qolgani shundoq sezilib qoldi.
Bobur Yo'ldoshev ushbu o'yini orqali asosiy tarkibdagi istalgan himoyachiga raqobat taqdim eta olishini amalda isbotladi.

Bugun jamoamiz eng yaxshi o'yinini ko'rsatmadi. SHunday o'yinlar bo'ladiki, darvozaga tepgan zarba gol bilan yakunlanaveradi. Bugun oshig'imiz olchi bo'ldi. Bazan esa ko'plab vaziyatlar, zarbalar bo'lsa ham gol kirmaydi.
Ikkinchi bo'limda biz qarshi hujumda o'ynashga majbur bo'ldik. Bu o'sha jismoniy holatimiz bilan bog'liq. Aslida ko'p jamoalar bizga qarshi himoyadan, qarshi hujum taktikasida o'ynashadi. Bugungi uchrashuvdagi ikkinchi bo'limda aksincha holat ruy berdi.

Aliboev va Gevorkyanning jarima zarbasi tepish borasidagi bahsi? Bu futbol, maydonda futbolchilar emociyalarga berilishadi. Jamoamizda jarima zarbalarini amalga oshira oladigan juda ko'plab mahoratli ijrochilar bor. Bu vaziyatda hech bir jiddiy holat ko'rinmadi. SHunchaki Aliboev ham jarima zarbasini amalga oshirgisi kelgandi. Gevorkyan esa tajribali, yoshi katta futbolchi. O'sha vaziyatda Artur bu ishni o'zi amalga oshirishni istadi. Ishontirib aytaman, Gevorkyan va Aliboev tortishuvlarni yoqtiradigan futbolchilar sirasiga kirmaydi. Bu shunchaki o'yinda bo'ladigan epizod.

CHempionatimiz ana endi chinakamiga qiziydi. Hal qiluvchi bahslar, markaziy o'yinlar bizni kutmoqda. Buyog'iga barcha bellashuvlar biz uchun finaldek o'tadi. Jamoamizda katta raqobat mavjud. SHu bois har o'yinda har xil o'zgarishlar ruy berishi mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика