So’nggi yangiliklar

21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  0 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8

Andrey Miklyaev: "Bu o'yin "Sepaxon"ga qarshi bahsga tayyorgarlik vazifasini bajardi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Bu o'yin "Sepaxon"ga qarshi bahsga tayyorgarlik vazifasini bajardi"

"Lokomotiv" va "Neftchi" o'rtasidagi o'yindan so'ng mezbonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Hisobdan qoniqdim. Lekin himoyadagi o'yinimiz biroz yoqmadi. Tezkor gol bizga yordam berdi. "Sepaxon"ga qarshi o'yinda himoyadagi bunday xatolarga yo'l qo'yish yaramaydi", - deya so'z boshladi "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev.

Futbolchilarimiz terma jamoalarga chaqirilishdi. Jarohatlar ham bo'ldi. To'xtaxo'jaevning jarohati jiddiy emas. "Sepaxon"ga qarshi o'yin oldidan unga dam berishga qaror qildik. Yanichich esa hali safga qaytgani yo'q. Xatolar bo'lgan bo'lsada, gol o'tkazib yuborganimiz yo'q. Bu o'yin bizga eronliklarga qarshi o'yinga tayyorgarlik vazifasini bajardi desak ham bo'ladi.

Hujumchilar nafaqat hujum qilishni, balki himoyalanishni ham bilishi lozim.

O'zbekiston CHempionati va CHempionlar Ligasi boshqa boshqa saviyadagi turnirlar.

Yoshlar doimiy ravishda bir tempda o'yin ko'rsatmaydilar. Ularga vaqti vaqti bilan imkon berishga harakat qilmoqdamiz. Umid qilamizki, ular tajribali futbolchilar oldida tajriba orttiradilar", deydi "temiryo'lchilar" ustozi Andrey Miklyaev.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика