So’nggi yangiliklar

09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  1 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  15 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  9 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5

Andrey Miklyaev: "Bizni ketma-ket ikkita o'ta muhim bahs kutmoqda" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Bizni ketma-ket ikkita o'ta muhim bahs kutmoqda"

Oliy liganing 20-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev qatnashdi.


- Qiyin o'yin o'tkazdik. Raqib bugun bizga yaxshi kurash taklif etdi. Birinchi bo'limda 2-3ta yaxshigina vaziyatdan foydalana olmadik. "SHo'rtan"da ham imkoniyatlar paydo bo'lgandi. Ignatiy Nesterov standart vaziyatidan keyin jamoamizni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Jamoamiz bugun o'ynamadi, shunchaki vaziyatlarni golga aylantirishda bizga omad etishmadi. Blessing nega ko'rinmayapti? Vaqti kelsa uni ham maydonda ko'rasizlar. Hozircha esa bunga fursat tegmadi. Bugun ham uni maydonga tushirmoqchi edik. Lekin kutilmagan o'zgarishlarga qo'l urishga to'g'ri keldi.

Bizni oldinda ikkita juda muhim uchrashuvlar kutmoqda. Dastlab "Nasaf"ga boramiz, keyin "Paxtakor" bilan kuch sinashamiz. Hozirda ikkala raqib ham birdek bezovta qilmoqda. Ularni orasida qaysinidir kuchli yoki kuchsiz, deya olmayman.

Ha, bugun "Paxtakor" vakillari bizni o'rganish uchun tashrif buyurishdi. Ertaga bizning ham tasvirchi Bekobodga borishi mumkin. Biz ham allaqachon "Paxtakor"ni o'rganish ishlarini boshlab yuborganmiz.

Murod Bobojonov bugun nega qaydnomaga kiritilmadi? CHunki hujumchi mashg'ulotlarda jarohat oldi. SHu boisdan ham bugun uning xizmatlaridan foydalana olmadik.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика