So’nggi yangiliklar

16:25Ўзбекистон ёшлари Хитой клубини мағлуб этди  3 15:59Ана бўлмасам! Кейн "Тоттенхэм"га қайтадими?!  2 15:30"Мен майдонда гапираман, бу ўзимни ҳимоя қила оладиган ягона жой"  3 15:00Дарвозадан дарвозага гол урган, Милитао ва Бруну билан бир сафда турган ҳамда интервьюси туфайли хижолатда қолган "Пахтакор"нинг янги посбони билан яқиндан танишамиз  1 14:38Бобир Абдихолиқов "Насаф"ни тарк этди!  15 14:18Суперлига-2025. Дастлабки иккита тур саналари маълум қилинди  5 14:05Слот ёзда Салоҳ, Трент Александер-Арнольд ва ван Дейк жамоадан кетиши ҳақида гапирди  1 13:48Тимур Кападзе мураббийлар штабида кимлар ишлаши маълум  7 13:30Анвар Ҳожимирзаев Кападзедан хафа бўлдими?  9 13:07Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Хитой клубига қарши асосий таркиби маълум   2 12:47Осиё Кубоги-2025 финал босқичига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди — Ўзбекистон "А" гуруҳидан ўрин олди  3 12:30Тимур Кападзе: "Гвардиола Ҳусановни дарҳол "олов"га ташлади"  5 12:13Расман: "Андижон" словениялик футболчи билан шартнома имзолади  4 11:49Тимур Кападзе Машарипов ва Ўруновнинг жароҳати ҳақида гапирди  13 11:45"Гап пулда бўлса, ўша пулни мен сенга бераман"  17

Andrey Miklyaev: “Biz g'alaba uchun kelganmiz” Yangiliklar

Andrey Miklyaev: “Biz g'alaba uchun kelganmiz”

Bugun “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasining 1/16 final bosqichi doirasida Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubiga qarshi bahs olib boradi.

Bu o'yin “Lokomotiv” uchun nihoyatda muhim, qolaversa, “Temiryo'lchilar” Ar Riyodga faqat ijobiy natijani ko'zlab tashrif buyurishgan.

Kecha odatga ko'ra, uchrashuv oldidan rasmiy tadbirlar tashkil qilindi. Avvali “Al Hilol” futbol klubida har ikkala jamoa menejerlari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting o'tkazildi. SHuni aytish lozim, “Al Hilol” klubi qarorgohi biz turgan mehmonxonadan ancha uzoq bo'lib, u erga etib borish uchun o'rtacha 40 daqiqa yo'l bosishga to'g'ri keldi.

Menejerlar yig'ilishi mahalliy vaqt bilan 16:30da boshlandi. Bunda bir qator masalalar va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan savollarga oydinlik kiritib olindi. Bugungi bahs Ar Riyoddagi eng katta “Qirol Fahd” stadionida bo'lib o'tadi va o'yinga 30 ming muxlis kelishi kutilmoqda. Bugun “Lokomotiv” qizil futbolkada, “Al Hilol” esa ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Miting yakuniga etgach, o'sha erning o'zida o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida “Loko” bosh murabbiyi Andrey Miklyaevga darvozabon Ignatiy Nesterov hamrohlik qildi.



A.Miklyaev: – Biz yana bir bor Saudiya Arabistoniga tashrif buyurganimizdan mamnunmiz va yaxshi mehmondo'stlik uchun mezbonlarga minnatdorchilik bildiramiz. Endi bo'lajak o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, bizni juda muhim bahs kutib turibdi. Maqsadimiz aniq: ortga g'alaba bilan qaytish. “Lokomotiv” OCHLda o'zining dastlabki vazifasini uddaladi: bu guruhdan chiqish edi. Endi yanada uzoqroqqa borishga harakat qilamiz.

I.Nesterov: – Murabbiyimiz aytib o'tganidek, ikkala jamoani ham ikkita uchrashuvdan iborat qiziqarli bahs kutib turibdi. Xuddi biz kabi raqib ham keyingi bosqichga chiqishni xohlaydi va astoydil kurashadi. O'ylaymanki, yakunda hammasi biz uchun ijobiy ko'rinish oladi.

Miklyaevga savol: – “Lokomotiv”ni safarda durang ham qoniqtiradi, shundan kelib chiqib jamoa durang uchun o'ynaydimi?
A.Miklyaev: – Aslida-ku, g'alabani ko'zlab kelganmiz. Lekin birinchi bellashuv durang bilan tugasa, javob uchrashuvida imkoniyatimiz oshadi. O'yinning qanday kechishi futbolchilarning harakatiga bog'liq. Hammamiz bilamiz, “Al Hilol” Osiyoda o'z o'rniga ega klublardan biri. Bu jamoa ko'p yutuqlarga erishgan va ularni nihoyatda jiddiy qabul qilyapmiz.

Nesterovga savol: – Raqib safida qaysi futbolchini alohida ajratib ko'rsata olasiz?
I.Nesterov: – Men bu jamoaga qarshi oldin ham o'ynaganman, “Al Hilol”da kuchli o'yinchilar ko'p, biroq kimnidir alohida ajratib ko'rsata olmayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика