Andrey Kanchelskis: “Umid qilamanki, muxlislar bilan tez orada ko'rishamiz”
18 may 2020 10:57
Yangiliklar
Andrey Kanchelskis: “Umid qilamanki, muxlislar bilan tez orada ko'rishamiz”
Namanganning “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ayni paytdagi koronavirus pandemiyasi davrida futbolsiz zerikib qolgan muxlislarni qo'llab-quvvatlashini takidlab, jumladan, ular uchun quyidagi fikrlarni bildirdi:
- Albatta, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan ayni paytdagi karantin davrida ishqibozlar futbolsiz zerikib qolishdi va millionlar o'yinini judayam sog'inishdi. Biz ham ularni juda sog'indik. Axir, muxlislar jamoamizni nafaqat o'yinlar davrida qo'llab-quvvatlashardi, balki hattoki, mashg'ulotlarimizga ham tashrif buyurgan holda, futbolchilarni ruhlantirib turishardi.
Ammo nailoj, koronavirus pandemiyasi tufayli, shunday holat yuzaga keldi.
Lekin asosiysi, sog'liq va fursatdan foydalanib, “Navbahor” muxlislari hamda ularning oila azolariga sog'liq-salomatlik, sabr tilayman. Baxtimizga ishqibozlar hamisha sog' bo'lishsin. Umid qilamanki, muxlislar bilan tez orada ko'rishamiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar