Andrey Kanchelskis: "Oldinga intilishda davom etamiz"
27 iyu 2020 21:30
Yangiliklar
Andrey Kanchelskis: "Oldinga intilishda davom etamiz"
Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi galda jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabriklayman. Sizlarga sog'lik va salomatlik tilab qolaman.
G'alaba har doim yoqimli. Raqib safida ham kuchli va mahoratli futbolchilar etarli edi. Bizda ko'rganingizdek vaziyatlar ko'p bo'ldi. 3:1 yaxshi natija va men bundan qoniqdim. Oldinga intilishda davom etamiz. Tayyorgarlikni kuchaytiramiz. Keyingi turni Jizzaxning "Sug'diyona" jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Mazkur uchrashuvga har tomonlama hozirlik ko'ramiz",- deydi Andrey Kanchelskis.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar