So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Andrey Kanchelskis: "Navbahor"ni safar uchrashuvlarida tanib bo'lmayapti" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Navbahor"ni safar uchrashuvlarida tanib bo'lmayapti"

Namanganning “Navbahor” klubi yangi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis matbuot anjumanida ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Andrey Kanchelskis: - Albatta, yangi jamoani qabul qilish qarorini qabul qilish oson emas. “Navbahor”ning joriy mavsumda 7 ta uchrashuvi qoldi va bu o'yinlardan to'rttasini jamoa safarda o'tkazadi. Albatta, o'z maydonida har qanday jamoani mag'lubiyatga uchratishga qodir bo'lgan “Navbahor”ning safardagi bahslarda nega salbiy natijalarni qayd etayotganligi menga qorong'u. Balki bu ruhiyat bilan bog'liqdir, balki boshqa narsa bilan, bunisi menga nomalum. Futbolchilar bilan yaqindan tanishib, suhbatlashilganidan so'ng, bunga oydinlik kiritishga intilamiz.

“Bunyodkor”dan 0:2 hisobida uchralgan mag'lubiyat ham men uchun kutilmagan holat bo'ldi. To'g'risini aytsam, o'sha o'yinda ijobiy natijani kutgandim. Ammo... Endi yigitlar o'sha o'yinni unutib, bo'lajak uchrashuvga tayyorlanishlari kerak. Keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rish uchun hali oldinda yana 2 haftaga yaqin vaqt bor va  shu vaqt ichida murabbiylar shtabi bilan bamaslahat va birgalikda o'z maydonimizdagi “Buxoro” hamda safarda “Lokomotiv” klublariga qarshi kechadigan o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'ramiz.

- Murabbiylik sohangizni qadrlaysiz. Ammo chempionlik uchun kurashayotgan “Navbahor”ni qiyin vaziyatda qabul qilib oldingiz. Murabbiy sifatida bu qarorni qabul qilish sizga oson bo'lmagandir? Axir, o'zingiz bilan endi yangi futbolchilar olib kela olmaysiz. SHu haqda ham o'ylab ko'rdingizmi?

- Albatta, bu haqda o'yladim. “Navbahor”ni qabul qilish borasida bir qarorga kelish kerak edi va buni qabul qildim. To'g'ri, bu tarkibni men yig'maganman va futbolchilarni ham jamoa safiga men taklif qilmaganman. Endi joriy mavsumda o'zim bilan yangi o'yinchilarni olib kela olmayman hamda ayni paytda qo'l ostimda bo'lgan futbolchilar bilan mavsumni yakunlaymiz. O'z o'rnida sobiq bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonovga ham o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. U yaxshi jamoa shakllantirdi va “Navbahor” ayni paytda turnir jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. SHu sababli, Ilhom Mo'minjonovni tanqid qilmaslik kerak. Uning kelgusida birorta jamoada faoliyat olib borishi va kelgusi ishlarida omad yor bo'lishini tilayman.



- “Navbahor”ga o'zingizga qarashli bo'lgan yordamchi murabbiylarni ham taklif etasizmi?

- Albatta, taklif etaman. Tez kunlar ichida Namanganga tajribali mutaxassis Aleksey Ilich Belenkov keladi. Ushbu murabbiy futbolchilik faoliyati davomida Moskvaning “Torpedo” klubida o'ynab, 1976 yili sobiq ittifoq chempionligini qo'lga kiritgan hamda Eduard Strelcov, Ivanov singari mashhur futbolchilar birga to'p surgan. Biz u bilan “Torpedo - ZIL”, “Ufa” va “Solyaris” jamoalarida birga faoliyat olib borganmiz.SHuningdek, murabbiylar shtabida mahalliy mutaxassislar ham ish olib borishadi. Qaysi jamoada faoliyat olib borgan bo'lsam, mahalliy mutaxassislarni ham murabbiylar shtabida qoldirganman. “Navbahor”ning darvozabonlar murabbiyi ham mahalliy mutaxassis. Bundan tashqari, shifokorlar va massajchilar ham shu erlik. Ular bilan birgalikda umumiy til topishib, bir maqsad yo'lida birgalikda faoliyat olib boramiz. Men bilan birga “Navbahor”ga faqat bir nafar yordamchi murabbiy keladi, xolos.

- Superliga bahslarining yakunlanishiga 7 ta tur qoldi. “Navbahor” ushbu 7 uchrashuvning to'rttasini safarda o'tkazadi. Jamoa so'nggi paytlarda safardagi bahslarda salbiy natijalarni qayd etyapti. Bu vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?

- Albatta, ushbu qiyin vaziyatdan murabbiylar shtabi bilan bamaslahat holda chiqib ketamiz. To'g'ri, takidlab o'tganimdek, o'z maydonida ajoyib o'yin namoyish etadigan har qanday jamoani mag'lubiyatga uchratadigan “Navbahor”ni safar uchrashuvlarida tanib bo'lmay qolyapti. Bu psixologiya bilan bog'liqmi yoki taktika bilanmi, bu hozircha menga nomalum. Bunga yigitlar bilan yakkama-yakka suhbatlashganimdan keyin oydinlik kiritiladi. Lekin safar o'yinlarida ham endi ijobiy natijalarni qayd etishga, futbolchilarni bo'lajak o'yinlarga o'zgacha ruhda tayyorlashga intilaman. Qisqasi, jamoaning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishiga qo'ldan kelganicha harakat qilaman.  



Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика