Andrey Kanchelskis: "Jamoamdan u qadar mamnun emasman"
26 apr 2019 20:38
Yangiliklar


Andrey Kanchelskis: "Jamoamdan u qadar mamnun emasman"
“Dinamo” – “Navbahor” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi, gollar, xavfli vaziyatlar, ochiq futbol… Jamoamdan u qadar mamnun emasman. Ikkinchi bo'limni biroz yaxshi o'tkazdik. Lekin birinchi bo'lim haqida unday deya olmayman. Qancha qulay imkoniyatlar qo'ldan boy berildi. Hali ushbu vaziyatlarni yaxshilab o'rganib chiqamiz, zarur xulosalarni chiqaramiz.
Biz faqatgina biror o'yinda emas, balki har bir uchrashuvda yaxshi futbol ko'rsatishimiz lozim. Muxlislarga esa uzoq yo'l bosib, bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelginliklariga minnatdorchilik bildiraman, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar