So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  0 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

Andrey Kanchelskis: "Ayni paytda ixtiyorimizda 12 futbolchi bor" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Ayni paytda ixtiyorimizda 12 futbolchi bor"

Teglar :  Andrey Kanchelskis
Superliga 30-turi doirasidagi “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis va jamoa yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev ishtirok etishdi.

Andrey Kanchelskis (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - Har ikki jamoa vakillarining bugun namoyish etgan o'yinlari menga yoqdi. “Bunyodkor”  o'yin jihatidan eng kuchli klublardan biri va shunday jamoaga qarshi to'p surish ancha qiziqarli bo'ldi.

Biz “Bunyodkor”da muammolar borligini bilamiz va shunday jamoa kelasi mavsumda chempionatda o'ynamasa, afsuslanarli holat bo'ladi.

Yigitlarga bugungi o'yinda ishtiyoq bilan to'p surishgani uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. SHuningdek, jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham katta rahmat.

Albatta hali jamoada olib boriladigan ishlar bor. Lekin ayni paytda ixtiyorimizda 12 nafar futbolchi bor va o'z imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda, o'yin namoyish etishga intilyapmiz. SHogirdlarimning mashg'ulotlar jarayonidan va ishtiyoqlaridan xursandman. O'zimizni xotirjam his qilishimiz uchun endi keyingi o'yinlarda  1 ta emas, 2-3 ta gol urishga harakat qilamiz.

Iqtidorli yoshlarni ham kashf etishga intilamiz. Aytgancha, bugun Namangandagi 12 yoshli futbolchilar o'rtasidagi musobaqaning final uchrashuviga tashrif buyurib, unda g'olib chiqqan yosh namanganlik futbolchilarni tabrikladim. SHunday ekan, bugun qo'shaloq g'alaba bo'ldi.

Albatta, yigitlarga, muxlislarga katta rahmat. Bir paytlari futbolchi bo'lganman va 70 ming va 3 ming nafar muxlis ko'z oldida to'p surish hissiyotining qanday bo'lishini juda yaxshi bilaman. Boshqa shaharlarda ham stadionlarga tomoshabinlarning shunday ko'p tashrif buyurishlarini tilayman. Ko'p mingli sonli muxlislar tashrif burgan o'yingohda to'p surishning gashti o'zgacha.

Men jamoaga yaqinda keldim.Oston O'runov hali yosh va iqtidorli yigit. U O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga, Azizbek Turg'unboev va Davron Hoshimov esa O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilishdi. Albatta, klubimizdan 3 nafar futbolchining terma jamoalarga jalb etilishlari biz uchun yoqimli holat.



Oston o'z ustida ko'proq ishlashi lozimligini unga tushuntiryapmiz. Menimcha, murabbiylikdan ko'ra, futbolchilik osonroq. Boisi, murabbiy bo'lsangiz, maydonga tushish ishtiyoqi yuqori bo'lsa-da, buning iloji yo'q. SHunday bo'lsa-da, yigitlar asta-sekin o'zlaridan talab qilingan narsani tushunishyapti va o'yindan – o'yinga “ochilishyapti”. Futbolchilar “Paxtakor”, “Lokomotiv” va mana bugun “Bunyodkor” jamoalarga qarshi kechgan o'yinlarda raqiblarga munsoib qarshilik ko'rsatishdi.

Sovrindorlar safidan joy olish asosiy maqsadimiz. Bizda 2-o'rinni egallash imkoniyati ham bor edi. Lekin ayrim sabablarga ko'ra, buni amalga oshira olmadik. To'g'ri tushuning, futbolchilar ham temir emas, inson. Mashhur murabbiy Valeriy Lobanovskiy temir ham bir kun kelib,  sinadi, degandi. Biz bir tarkib bilan o'ynayapmiz va safimizda o'yinni kuchaytira oladigan futbolchi yo'q. Kimdir charchaydi, boshqasi engil jarohat oladi, ayrimlari bosimga dosh berolmaydi. Futbolchilar ham odam va buni to'g'ri tushunish kerak. Qisqasi, bugun yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi.

Azizbek Turg'unboev (“Navbahor” jamoasi yarim himoyachisi): -  Bahs shiddatli va ajoyib tarzda kechdi. Biz bu o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Bekoboddagi mag'lubiyatga uchradik va bu aybimizni o'z maydonimizdagi g'alaba bilan yuvishimiz kerak edi. Xudoga shukr, ajoyib tarzda kechgan o'yinda zafar quchdik. Buning uchun bizni ajoyib tarzda qo'llab- quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat aytaman.  

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика