Andrey Kanchelskis Angliya va Ukraina o'yini haqida gapirdi
02 iyu 2021 08:08
Yangiliklar


Andrey Kanchelskis Angliya va Ukraina o'yini haqida gapirdi
"Navbahor" sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Ukraina va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Angliyada finalgacha etib borish uchun ajoyib imkoniyat bor. Ular shubhasiz Ukrainadan kuchli. Ammo favoritlar ham yutqazib qo'yishi mumkin.
Inglizlar o'yinni boy berib qo'yadilar deb o'ylamayman. Bundan tashqari ular germaniyaliklarni mag'lub etishdi va ayni paytda ajoyib kayfiyatdalar", - dedi Kanchelskis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar