So’nggi yangiliklar

21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  5 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1

Andrey Fyodorov: "Qatarga ijobiy natija uchun kelganmiz" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Qatarga ijobiy natija uchun kelganmiz"

Xabaringiz bor, ertaga OCHL 2-turidan o'rin olgan "Al Rayan" - "Lokomotiv" bahsi bo'lib o'tadi.

"B" guruhida kurash olib borayotgan "Lokomotiv" bu yilgi OCHLni g'alaba bilan boshladi. Jamoa o'z maydonida "Al Vahda"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Endi esa "temiryo'lchilar"ni yana bir muhim bahs kutmoqda. Jamoa ertaga Qatarning "Al Rayan" klubi mehmoni bo'ladi. O'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov hamda tajribali himoyachi Anzur Ismoilov ishtirok etdi. 

- Bu erga tashrif buyurganimizdan mamnunmiz. Hozircha hammasi joyida. Ertaga har ikki jamoani muhim bahs kutib turibdi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Yakuniy hisob qanday tugashini esa bilmayman. Men faqat yaxshisidan umid qilaman. Biz bu erga ijobiy natija bilan qaytib ketish maqsadida kelganmiz, - deya fikr bildirdi Andrey Vitalevich.  


- Raqib jamoa haqida qanday fikrdasiz? 

- "Al Rayan" kuchli klub deb o'ylayman. Ularning birinchi o'yinda 1:5 hisobida yutqazib qo'ygani jamoaning kuchsizligini bildirmaydi. Men o'sha o'yinni ko'rdim va aytishim mumkin, "Al Rayan" yomon taassurot qoldirmadi. Faqat ayrim vaziyatlarda jamoadan omad yuz o'girib raqibning har bir zarbasi golga aylanaverdi. 


- Raqibda bosh murabbiy o'zgardi. Bu "Lokomotiv" foydasiga ishlashi mumkinmi? 

- Qachonki jamoada bosh murabbiy o'zgarsa keyingi o'yinda nima kutishingni bilmaysan. Jamoa yo syurpriz ko'rsatishi, yoki yanada yomon harakat qilishi mumkin. Men "Al Rayan" ichida emasman, shu bois jamoadagi vaziyat haqida gapira olmayman. Bosh murabbiy almashgani bizning foydamizga ishlaydimi-yo'qmi, buni ertaga bilib olamiz. 


- "Lokomotiv" avvalgi ikkita o'yinda tezkor gol urdi va g'alaba qozondi. Ertaga yana shunday bo'lishiga umid qilyapsizmi? 

- Tezkor gol urish yaxshi albatta. Lekin tezkor gol urgan bilan yirik hisobda yutmadik. Asosiy har ikki bahsni g'alaba bilan yakunladik. Ertaga ham tezkor to'p kiritib yakunda uch ochkoli bo'lsak, bundan faqat xursand bo'laman. 


Anzur Ismoilov: - Ertaga qiziqarli bahs kutib turibdi deb ayta olaman. Osiyo chempionlar ligasida oson o'yinning o'zi yo'q, har bir bahs o'ziga yarasha bosim ostida o'tadi. Muxlislar bizdan faqat ijobiy natija kutishmoqda, shunday ekan ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. O'z o'yinimiz deganda maydon bo'ylab shunchaki yugurmaymiz, balki to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishga va o'yinni o'z nazoratimizga olishga harakat qilamiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика