So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

Andrey Fyodorov: “Og'ir vaziyatdan chiqib ketdik” Yangiliklar

Andrey Fyodorov: “Og'ir vaziyatdan chiqib ketdik”

Oliy liga 23-tur doirasidagi “Neftchi” – “Olmaliq” (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
-  Birinchi o'rinda barcha muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Haqiqatdan ham juda orziqib kutilgan muvaffaqiyatga erishdik. CHunki mag'lubiyatlar seriyasi yigitlarga quchli va yoqimsiz bosim yuklagandi. SHogirdlarimga rahmat. Bugun ularning o'yinidan qoniqdim. Ushbu g'alaba muhim ahamiyat kasb etardi. CHunki bizni mana shunday og'ir davrdan chiqib ketishimiz g'alaba kerak edi. Buni yigitlar uddalashdi. Ha, o'yinga muxlislar tashrifi oz bo'ldi. Lekin mana shu oz bo'lsada, bizni qo'llash uchun stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Bu g'alabada ularning hissasi ham bor. Endi bundan buyog'iga hammasi yaxshi bo'lishiga ishonchim komil.

-  “Neftchi” yoshlar jamoasi tarkibida Damir Nizanov hamda Ibrohim No'monov singari iqtidorli futbolchilar muvaffaqiyatli to'p surishmoqda. Fikrimizcha, ular asosiy jamoa saviyasiga to'g'ri keladi. Ushbu o'yinchilarga qachon imkonyat berasiz?
-  Damir Nizanovning o'yinlarini alohida kuzatib kelaman. Haqiqat ham yaxshi o'yinchi. Yoshlar jamoamiz safida yuqori saviyada to'p surmoqda. Biroq Oliy liga bu juda katta sinov degani. Hozircha Damir asosiy jamoaga kirishib ketishida bir qator muammolarga duch kelyapti. U asosiy tarkib bilan birga shug'ullandi. Tez orada Damirni ham asosiy jamoa safida ko'rasiz. Ochig'i, Nizanov yaqin kelajakda “Neftchi”ning yulduz o'yinchilaridan biri bo'lishiga umid bildiryapman.

-  No'monovchi?
-  Ibrohimda Oliy ligada o'ynash uchun xar taraflama imkoniyat bor. Jismonan baquvvat, zarbalari yomon emas. Texnik mahorati ham joyida. Biroq u ruhiy tarafdan Oliy ligada o'ynashga tayyor emas. To'g'ri hali yosh. Tengqurlari ichida etakchi hisoblandi. Agar mening fikrlarimi matbuotda o'qisa, yaxshilab tushinib olsin qachon o'zini ruhiy tayyorgarligini mukammal deb bilsa keyin Oliy ligada o'ynaydi.

-  Keyin turda “Obod”ga qarshi bahs kutyapti. Oson o'yin bo'lmaydi. To'g'rimi?
-  Albatta. Biz toshkent klubiga qarshi o'yinga doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz. Ular birinchi davrada bizga qarshi qanday kuchli o'yin namoyish etganini yaxshi eslayman. Albatta “Obod” bilan bahsga faqat g'alaba uchun boramiz, - Fyodorov.

“Neftchi” matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика