So’nggi yangiliklar

23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  0 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  5 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  2

Andrey Fyodorov: "Neftchi" o'z muxlislarini g'alabalar bilan xursand qiladi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Neftchi" o'z muxlislarini g'alabalar bilan xursand qiladi"

Kuni kecha "Neftchi" bosh murabbiyi klub matbuot xizmati xodimlariga intervyu berdi.

- Xabaringiz bor, ayni paytda ikkinchi yig'inni davom ettiryapmiz. Imkon qadar yig'inlar oralig'ida futbolchilarga kamroq tatil berishga harakat qilyapmiz. CHunki professional futbolchi sport formasini meyorida ushlab turishi juda muhim. Meni xursand qilgan tarafi, shogirdlarim tatildan yaxshi sport formasida qaytishdi. Bilishimcha, ular tatil paytida ham futbol bilan shug'ullanib turishgan. Bu yaxshi albatta. Lekin baribir shunga qaramay, yigitlarning jismoniy holatini yanada yaxshilash borasida ishlayapmiz. Qirgulida yig'in boshlaganimizdan buyon, nazorat o'yinlari o'tkazishga ruxsat bermayapman. CHunki ayni paytda futbolchilar jarohat olishga moyil bo'ladi. Biroq Toshkentga ketishdan avval 2 ta jamoa bo'lib bitta nazorat o'yini o'tkazamiz. Bu rejada bor. SHundan so'ng yig'in poytaxtda davom etadi. Hozircha, "Obod" va Tojikistonning "Istiqlol" jamoalari bilan o'ynashimiz aniq bo'ldi.

 - "Istiqlol" varianti juda qiziq...
- Fikringizga qo'shilaman. Haqiqatdan ham dushanbeliklar bilan o'ynash shaxsan men uchun ham qiziq. Ular Oliy liga jamoalaridan tubdan farq qiladi. Tajriba almashamiz. Ochig'i, ularning o'yini haqida to'liq tasavvurga ega emasmiz. Biroq bo'lajak o'yin qiziq bo'lishi aniq. Toshkentdagi yig'inimizni tashkil qilib bergan mutasaddilarning aytishicha, poytaxtda tabiiy chimga ega bo'lgan maydonlarda shug'ullanamiz va o'yinlarni o'tkazamiz. Albatta bu meni xursand qildi. Toshkent shahridagi yig'inimiz yakunlangach, Farg'onaga qaytamiz va "Hokim kubogi" turnirida ishtirok etishni reja qilganmiz. Ochig'i, PFL kubogida ishtirok eta olmasak kerak. Rejalarimiz bu turnirning bo'lib o'tish vaqtiga to'g'ri kelmayapti. Bu borada murabbiylar shtabi bilan maslahatlashyapmiz.

- Andrey Vitalevich, "Neftchi" bu yil xorijda yig'in o'tkazadimi?
- Ha, bu mening rejamda bor. "Hokim kubogi" turniridan so'ng xorijga borishni reja qilganmiz. Biroq bu hali aniq emas. Bu borada ham muzokalar ketmoqda.

- Muxlislarni tarkibdagi o'zgarishlar juda qiziqtirmoqda. Jamoa bilan xayrlashganlar va yangi kelganlar haqida malumot bersangiz?
- Akmal Xolmatov, Ro'zimboy Ahmedov va  Sardor Rahmonov "Neftchi"ni tark etishgan. Abbos Maxstaliev va Muhsin Ubaydullaevning ijara muddati yakuniga etgan va "Paxtakor"ga qaytib ketishdi. Ayni paytda yig'inimizda yangi futbolchilardan Sardor Eminov, Ilhom Boydedaev va "Nasaf"dan kelgan O'tkir Yusupov shug'ullanmoqda. Ilhom Boydedaev bilan og'zaki kelishuvimiz bor. O'tkir Yusupov esa endi ilk mashg'ulotlarini o'tkazmoqda.

- Bu yil asosiy darvozabon kim bo'ladi?
- Darvozabonlar masalasida ham bir to'xtamga kelmadik. "Neftchi" darvozabonlar murabbiyi ayni paytda malaka oshirish kurslariga ketgan. U qaytgach, hammasini o'zi hal qiladi. Hozircha bizda bir qator variantlar bor.

- Andrian Kashkaval "Neftchi"da oz o'ynagan bo'lsada, muxlislarda yaxshi taassurot qoldirdi. Lekin yakunda himoyachi "Neftchi" bilan xayrlashdi...
- Ochig'i, Kashkaval  bilan moliyaviy tarafdan kelisha olmadik. Himoyaning bizga qo'ygan talablari, bizni qoniqtirmadi. Undan tashqari, ikkinchi davrada maxalliy himoyachi Jahongir Mehmonov  Kashkavaldan kuchliroq o'yin ko'rsatdi.

- Bu yil "Neftchi"da xorijlik futbolchilar ko'ramizmi?
- Xorijdan kelgan futbolchi maxalliy o'yinchilardan bir bosh ustun bo'lishi kerak ekanligini hamma biladi. Hozirgi chempionatimizda o'ynayotgan legionerlarning maxalliy futbolchilardan yaqqol ustun tarafini ko'rmayapman.  To'g'ri, Rossiya yoki biron bir davlatdan futbolchi taklif qilish mumkin. Biroq hozirgi legionerlarning o'ziga yarasha talabi bor. Men muzokalar o'tkazgan aksariyat, xorijlik futbolchilar agar jamoa OCHLda o'ynasagina klubga kelishini malum qilishdi. To'g'ri, "Neftchi"ning asosiy maqsadi ham OCHLda o'ynash. Biroq ular chempionatimizning muntazam xalqaro maydonlarda o'ynaydigan jamoasiga kelishini aytishdi. SHuning uchun bu yil asosan mahalliy futbolchilarga tayangan holda mavsumni o'tkazishimiz mumkin.

- Mana ko'rib turibsiz, qishning sovuq kunlari bo'lishiga qaramay muxlislar "Neftchi"ning  xar bir mashg'ulotlariga tashrif buyurmoqda.
- Albatta, ajoyib muxlislarimiz bor Birinchi o'rinda, "Neftchi" muxlislari va ularning oilasiga sog'lik tilayman. Umid qilamanki, ular bizni yangi mavsumda yolg'izlatib qo'yishmaydi. Hali biz ham o'z g'alabalarimiz bilan Farg'ona ahlini xursand qilamiz, - dedi "Neftchi" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov.

 
"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика