So’nggi yangiliklar

20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  0 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 20:00Суперлига. "Хоразм" - "Андижон" 1:1 (матнли трансляция)  26 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  3 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  4 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  10 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  11 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  19 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   2 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  7 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2

Andrey Fyodorov: "Marat Bikmaev navbatdagi o'yinga tayyor bo'ladi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Marat Bikmaev navbatdagi o'yinga tayyor bo'ladi"

Coca Cola Superligasi 7-turi doirasida "Qizilqum" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.



 

- "Lokomotiv"ning barcha muxlislarini uzoq kutilgan g'alaba bilan tabriklayman. Ketma-ket uch marta mag'lub bo'lganimizdan keyin haftalik cikl ishlab chiqdik. Mashg'ulotlar davomida jamoaning o'yini kuchayganligi ham sezilayotgandi. Futbolchilarning ham jismoniy tomonlama, ham kayfiyati yaxshilandi. Umuman olganda ko'plab faktorlar ijobiy tomonga o'zgardi. Bizga faqatgina gollar bosim berishi mumkin edi. O'sha yutqazgan o'yinlarimizda urilmagan vaziyatlarni qo'rquv bilan emas, balki, futbolchilarning o'zlariga bo'layotgan ishonchsizligiga bog'lasam bo'ladi. Balki bugun ham ayrim vaziyatlarda shunday holatlar yuzaga kelgandir. Futbolchilarga raqib jarima maydonchasi ichida maksimum ishlash kerakligini aytgandim. 

Birinchi bo'limda ham shogirdlarim bir necha vaziyatlarni golga aylantira olmagan paytda menda yana o'sha hissiyotlar paydo bo'la boshlagandi. Raqiblar bir bora to'sinimizni poylaganida ham futbolchilar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Goldan keyin esa biroz xotirjam o'ynashni boshladik, elkadan tog' ag'darilgandek bo'ldi. Mag'lubiyatlar futbolchilarning harakatlariga, ayniqsa, to'p bilan harakat qilishda biroz ishonch baxsh qildi. Jamoa himoyada tartibli harakat qildi. SHu sababli bugungi natijani adolatli deb ayta olaman. O'tgan o'yinlardan keyin qo'lni ko'tarib taslim bo'lmasdan, ishlashda davom etib, jangda g'alabaga erishgani uchun futbolchilarga rahmat aytib qolaman. 

- Avazbek O'lmasalievning o'yinini qanday baholaysiz?
- Bugun u yaxshi o'ynadi. Menimcha u bugungidan ham yaxshi o'ynay oladi, ayniqsa, taktik tomonlama tartibli harakat qilmoqda. U bilan bu borada hali gaplashib olamiz. Avaz talab qilingan o'yinni bizga ko'rsata oldi deya olaman.

- Birinchi bo'limda gol urish qiyin bo'lyapti.
- Yo'q, unchalik emas. Bizda vaziyatlar bo'lmoqda. Faqatgina futbolchilarda ishonch aspekti etishmayapti. Birinchi golga qadar ham hisobni ochib olish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgandik. Goldan keyin esa futbolchilarga erkinlik berdim. CHunki oldingi o'yinlardan ko'ra bu bahsda bosim kamroq bo'ldi.

- Marat Bikmaevning holati haqida nima deya olasiz?
- U navbatdagi o'yinga tayyor bo'lishi kerak.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика