Andrey Fyodorov "Lokomotiv" futbolchilariga "Paxtakor" tomonidan qiziqishlari borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi
10 noy 2018 08:50
Yangiliklar
Andrey Fyodorov "Lokomotiv" futbolchilariga "Paxtakor" tomonidan qiziqishlari borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi
"Buxoro"ga (4:0) qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z futbolchilariga "Paxtakor" tomonidan qiziqishlari borasidagi savolga ham javob berdi.
"Paxtakor" bizning o'yinchilarimizga qiziqish bildirmoqda? Aytganingizdek, bu faqatgina mish-mish. Bu savol rahbariyat uchun berilsa ham bo'ladi. Biz transferlar oynasida qo'ldan kelgancha ishlayapmiz. Hammasini vaqt ko'rsatadi", - deb yozadi Andrey Fyodorovning so'zlarini "Lokomotiv" matbuot xizmati.
Fikrlar