So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  8 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  19 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  5 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

Andrey Fyodorov: "Katta vazifalarni bajara oldigan jamoa qurishda davom etamiz" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Katta vazifalarni bajara oldigan jamoa qurishda davom etamiz"

"Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi.

UCHRASHUVGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI

ANDREY FYODOROV:
  Aslida biz qolgan barcha o'yinlarni yuqori saviyada o'tkazishimiz kerak bo'ladi. Jamoamiz ikkinchi davrani juda ham past darajada boshlaganiga qaramay, so'nggi uchrashuvlarda o'z o'yinimizni topib oldik. Kuchli jamoalardan kam emasligimizni isbot qildik. Bunday muvaffaqiyatli o'yinlarning asosida, jamoaning mashg'ulotlarda barcha vazifalarni sitqidildan, shijoat bilan bajarilishida, deb bilaman.Umid qilamizki chempionatda qolgan uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib, oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz. Biz har bir uchrashuvga talab qilingan darajada tayyorgarlik ko'ramiz. “Nasaf” bilan ham jamoamiz  murabbiylar shtabi belgilangan rejaga ko'ra  tayyorgarlik olib bordi. Biz raqibni har tomonlama o'rganib chiqdik, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini  hisobga oldik.

UCHRASHUV XAQIDA

ANDREY FYODOROV
: Bugungi g'alaba bilan “Nasaf”ni tabriklayman. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi, bazan tashabbus biz tomonda bo'lsa, bazan Qarshiliklar faollroq bo'lishdi. Aslida bugungi  uchrashuv durang natija bilan tugashi kerak edi. Men ishonch bilan aytaolmanki, bugun futbolchilarimiz kamida bir ochkoga mos o'yin ko'rsatishdi. Bizga bazi hollarda omad etishmadi. Biz yaratgan havfli vaziyatlar etarli edi, lekin bazi hollarda hujumchilarimizga mahorat etishmadi. Omad ham bizdan yuz o'girdi. Men jamoam ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi. Biz, asta-sekin, katta vazifalarni bajara oldigan jamoa qurishda davom etamiz. Aslida, agar  haqoniy baho beradigan bo'lsak, “Nasaf” bu mavsumda bizdan kuchli. Buni bu yilgi ikki uchrashuv natijasiga ko'ra, hamda jamoalarning egallagan o'rinlaridan ham bilib olish mumkin. Farg'onada bo'lib o'tgan birinchi davradagi uchrashuv singari, bugun ham “standart” vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Taymning so'nggi daqiqasida o'tkazib yuborilgan gol har qanday jamoa ruhiyatiga qattiq tasir ko'rsatadi. Futbolchilar tanaffusga bunday alamli, salbiy  kayfiyat bilan chiqqanda, ularni o'ziga kelishiga gap topish qiyin bo'ladi. Yaxshi o'ynab turib mag'lubiyatga ham uchrash mumkin.

UCHRASHUVNING ENG YAXSHI FUTBOLCHILARI

 ANDREY FYODOROV
: Odatda, men biron bir futbolchini ajratishni  yoqtirmayman, chunki futbolchi qanchalik kuchli bo'lmasin, bir o'zi futbol o'ynay olmaydi. Messiga ham  sheriklari qulay  vaziyat,  imkoniyat yaratib bermasa, u bir o'zi g'alabaga erishishi mumkin emas. Lekin, shunga qaramay har kim o'z vazifasini bajarish kerak, agar jurnalist matbuot anjumanida biron bir savol berdimi, demak bu savolga javob olish uning uchun kerak va murabbiy imkon qadar savolni javobsiz qoldirmaslika xarakat qiladi. “Nasaf” jamoasida men jamoaviy o'yinni takidlagan bo'lardim. Bu yaxshi ko'rsatkich, axir futbol jamoaviy sport turi, boks yoki kurash bo'lsa, sportchi bir o'zi g'alaba qozonishi mumkin.  Lekin shunga qaramay qarshiliklar orasida Erkin Boydullaevni alohida etirof etgan bo'lardim. Bugungi uchrashuvda Gevorkyanning yo'qligini Boydullaev bildirmadi va jamoaning haqiqiy “miya”si ekanligini  isbot qildi. Barcha tashabbusni o'z qo'liga oldi. “Neftchi”da men bironta o'yinchini alohida ajratmayman. Yuqorida takidlaganimday,  jamoamizdan  barcha futbolchilarni eng yaxshilar qatorida ko'raman.

O'ZBEKISTON KUBOGI FINALI XUSUSIDA

ANDREY FYODOROV: 
O'zbekiston kubogi mavqeyi, obo'rsi O'zbekiston chempionatdan pastroq bo'lsa ham, lekin butun dunyoda bu musobaqaga katta qiziqish va etibor bilan munosabatda bo'lishadi. Ming afsus biz kutilmaganda, bunday nufuzli musobaqaning birinchi etapidayoq  tark etdik. “Nasaf” esa beshinchi marta finalda o'ynashga  munosib bo'ldi. So'ngi 5 mavsumda ketma-ket 4 marta finalga chiqish ham  katta ko'rsatkich. SHu misolning o'zi ko'rsatib turibdiki, “Nasaf” qaysidir manoda “Kubok jamoasi”ga aylanib kelmoqda. Murabbiy OAVda biron bir jamoaga muhlislik qilishi to'g'ri bo'lmasa kerak. Men faqat “Neftchi”ga ishqibozlik qilaman. Agar chempionat  jadvaliga nazar tashlab va bizning vazifga etibor bersangiz, o'zingiz bilib olasiz, bizga qanday natija kerakligini.  Lekin shunga ham qaramay, bu  uchrashuv  o'z nomi bilan O'zbekiston kubogi finali, shuning uchun men  har ikkala jamoaga ham omad va chiroyli futbol tilab qolaman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика