So’nggi yangiliklar

20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  1 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  19 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2

Andrey Fyodorov: "Ikki futbolchimda jarohat bor" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Ikki futbolchimda jarohat bor"

"Lokomotiv" - "Andijon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov qatnashdi.

- "Lokomotiv"ning barcha muxlislarini tabriklayman. O'yinning birinchi bo'limi qiyin o'tdi. Ochko uchun bu erga kelgan raqibimiz asosan himoyada o'ynadi. Bunday o'yinlarda tezkor gol urish kerak bo'ladi. SHundagina raqiblar ochiladi. Tanaffusdan keyingi tezkor gol esa raqibni doimiy bosimda ushlashga yordam berdi. SHogirdlarimga rahmat aytaman.

Jamoamizni 11 nafar futbolchi tashkil etmagan. Barchaga o'yin amaliyoti berishi kerak. Hozirda biz shunday davrdamizki, rotaciyaga qo'l urish kerak. Oldinda taqvim zich, qandaydir kichik davrda 12-13 o'yin o'tkazamiz. Agarda rotaciyaga qo'l urmasa, keyinchalik futbolchilar yo'qotib qo'yishi mumkin.

Rayevacni anchadan buyon bilamiz. Uning o'yinlari menga doimo yoqib kelgan. O'tgan yozda uni olmoqchi edik. Ammo vaziyat o'zgarib, Temurxo'jani qaytardik. Bizning o'yin uslubimiz o'ziga hos. SHu boisdan nafaqat legionerlar, balki, yangi futbolchilar ham jamoaga moslashishi doimo qiyin kechadi.

Jokich jarohat olgan. "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyin u 3 marta mashg'ulot o'tkazdi. Haydarov esa bu jarohati bilan bir haftani o'tkazib yuborishi mumkin.

Mensimaslik? Yo'q, unday emas albatta. SHuningdek, OCHL faktori ham emas. Birinchi bo'lim qiyin o'tgani uchun kiyinish xonasida yigitlarga ikkinchi bo'limda o'yinni tezlashtirish kerakligini tushuntirdim. Ammo "Lokomotiv" kuchni tejab o'ynadi degan fikrga qo'shila olmayman.

Oleg Zoteev: - Birinchi bo'lim qiyin o'yin o'tdi. Ikkinchi taym esa biroz birinchisiga qaraganda osonroq kechdi. So'nggi ikki o'yinda g'alabaga erishganimiz OCHLdan oldin bizga ruhiy yordam berishi mumkin. "Andijon" jamoasiga omad tilayman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика