So’nggi yangiliklar

21:41"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони - Япония 1:3 (онлайн ҳисоб)  0 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  10 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  3 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2

Andrey Fyodorov: "Bu o'rtoqlik o'yini emas!" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Bu o'rtoqlik o'yini emas!"

"Lokomotiv" - "Al Rayyan" uchrashuvi yakunlanganidan keyingi matbuot anjumanida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Timurxo'ja Abduxoliqov ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda "Lokomotiv"ning barcha muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Hozirgi holatda bu o'yin bizga hech nima bermasdi, buni kecha ham takidlagandim. Oz bo'lsada muxlislar kelganiga rahmat. Kecha menga bu o'yin deyarli o'rtoqlik maqomida o'tishini va qanday qilib futbolchilarga ishtiyoq berishimni aytishgandi. Bu o'rtoqlik o'yini emas! OCHL o'yinlari ko'p bo'lmaydi. Ha, o'yin juda yomon boshlandi. Mamurning bu xatosini uning o'yin amaliyoti kamligi bilan bog'lagan bo'lardim. Asosiysi, taslim bo'lmadik va asabiylashmaslikka intildik. Tanaffusda futbolchilarga xotirjam bo'lish kerakligini aytdim. Ikkinchi bo'lim boshidan, balki butun bir taym davomida o'yinni nazorat qildik va hujumlarni ajoyib yakunlay oldik. Bu esa g'alabaga olib keldi. Yigitlarning g'alabaga chanqoqligi yuqori edi. Ha, bunga qadar ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. G'alaba 3 ochkodan boshqa hech nima bermasligini barcha bilsa ham, futbolchilarga g'alaba qozonish shart ekanligini va o'zimizni yo'qotib qo'ymasligimizni, Har doimgidek o'ynash kerakligini tushuntirdim. Ayta olamanki, bugun kamroq xato qildik.

Timurxo'ja Abduxoliqov: - To'g'ri, g'alaba hech nimani hal qilmasdi. Ammo G'alaba har doim yaxshi hissiyotlar beradi. O'yinga keladigan bo'lsam, 2:0dan keyin uyg'ondik, qaytishga harakat qildik. Unga qadar biz koncentracini yo'qotib qo'ydik. Albatta, keyinchalik o'zimizga kelib, ketma ket gollar urdik.

- OCHLning ushbu mavsumida 5ta gol urdingiz. Xo'sh, xalqaro maydondagi o'yiningizdan qoniqdingizmi?
5ta gol urasizmi, 10ta urasizmi buning farqi yo'q. Guruhdan chiqish kerak edi. 2016 yilda 3ta gol urgan bo'lsak ham, guruhdan chiqqandik. Bu mavsum esa vazifa bajarilmadi.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика