So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Andrey Fyodorov: "Barchasi o'z qo'limizda" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Barchasi o'z qo'limizda"

OCHLning 4-turi doirasida "Al Ittihod"ga qarshi o'yindan oldin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov matbuot anjumanida qatnashdi.

- CHempionlar ligasida guruhimizdagi barcha jamoalarning kuchi teng. Hozirga qadar barcha jamoalarda guruhdan chiqish uchun imkoniyatlar bor. Barchasi o'z qo'limizda. Ertaga nafaqat chiroyli o'yin ko'rsatmoqchimiz, balki, bu bilan g'alabaga erishishni istaymiz. 

- "Al Ittihod"ning qaysi futbolchisini eng xavflisi deb ayta olasiz?

- Biror bir futbolchini ajratib ko'rsatish qiyin. Ammo o'tgan o'yinda 8-raqamli futbolchi (Faxad al-Muvallad) maydonga tushganidan keyin raqibning o'yini kuchaydi. Umuman olganda jamoaning o'zi xavfli.

- Jamoada yo'qotishlar, jarohatlar bormi?

- Barcha futbolchilar soppa-sog' va ertangi o'yinga tayyor.

- "Lokomotiv" OCHLdagi so'nggi ikki o'yinni yaxshi boshladi. Biroq yakun xunuk bo'lmoqda. Buning sababini nima bilan izoxlaysiz?

- Futbolda g'oliblar chiroyli o'yin ko'rstagani emas, kiritgan gollari orqali aniqlanadi. Saudiyadagi o'yinda biz o'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqiblarda esa buning aksi. Bu borada ko'proq ishlashimiz kerak.

- Islom To'xtaxo'jaev "Buxoro"ga qarshi o'yinda qatnashmaganining sababi nimada?

- U sog'lom. Hech qanday jarohat yo'q. Biz tarkibda rotaciya qildik. Ertaga u maydonga tushishini bugun hal qilamiz.

Sardor Mirzaev: - Ertaga chiroyli o'yin bo'lishiga ishonaman. G'alaba bizga suv va havodek zarur. Oldimizdagi uy o'yinning ikkitasi o'z maydonimizda bo'ladi. SHuning uchun ham OCHL guruh bosqichini yuqori notada yakunlamoqchimiz. Maqsadimiz Guruhdan chiqish. Ertaga g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Saudiya Arabistonidagi o'yinda bo'sh tribunalarda o'yin bo'ldi. Bu futbolchiga qanchalik tasir o'tkazadi?

- To'g'risini aytsam, chempionatimiz orqali bunga o'rganib qolganmiz. Vodiylarga borsak, ko'plab muxlislar tushadi o'yinga. Saudiyadagi o'yin esa g'alati bo'ldi. Muxlislarsiz o'yin tempi juda past bo'ldi deb o'ylayman. Baribir futbol muxlislari bilan go'zal.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика