So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  27 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Andrey Vaybert: "Viloyatlarda ham sharoitlarni yaxshilash kerak" Yangiliklar

Andrey Vaybert: "Viloyatlarda ham sharoitlarni yaxshilash kerak"

Malumingizkim, yurtimizda Germaniya Bundesligasining "Hannover-96" klubining murabbiylaridan biri Andrey Vaybert mehmon bo'lib, turli shaharlarimizda yosh futbolchilar uchun mashg'ulot va master-klasslar o'tkazib ketdi.
Toshkent, Guliston, Jizzax, Buxoro, Navoiy va Qarshida bo'lib qaytgan Vaybert samarqandlik yosh futbolchilar uchun mashg'ulot tashkillashtirmagan esa-da, Navoiy viloyatidan Qashqadaryoga borish asnosida ko'hna shaharda mehmon bo'ldi. SHahrimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildirish barobarida Andreyni gapga soldik.

Ushbu intervyu mazmun va ahamiyati borasida dolzarb bo'lgani uchun muallif ruxsati bilan saytimizga joylashga qaror qildik.


- Andrey, yurtimizga xush kelibsiz! Samarqand sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Ha, Samarqand xuddi men tassavur qilganimdek, afsonaviy shahar ekan. Umuman, bu ko'hna shahar haqida kitoblardan ko'p o'qigan edim. Taassurotlarim tasavvurimdan ko'proq. Juda maftunkor shahar ekan.

- Yurtimiz sizga yoqdimi?
- Bilasizmi, Markaziy Osiyo menga begona emas. O'zim O'shda tug'ilib, katta bo'lganman. 12 yoshimda Germaniyaga ko'chib ketdik. Umuman, bolaligimda o'zbeklar ichida o'sganman, bobom yuk mashinasi haydardi, butun O'rta Osiyoni kezib chiqqan. Buxoroga borsa faqat qovun olib kelardi, juda shirin qovun edi, mazasi tilni yorardi. Yaqinda Buxoroda bo'lganimda yana o'sha qovundan tatib ko'rdim, mazasi hamon o'sha-o'sha. Bolaligim yodimga tushib ketdi. O'zbeklar hayot tarzi menga mutlaqo begona emas. Buni qarangki, harbiy xizmatni ham Termiz aeroportidagi Germaniya transport-yuklash tugunida sanitar bo'limida amalga oshirganman.

- Ayting-chi, yurtimizdagi bir necha viloyatlardagi futbol tarbiyalanuvchilari huzurida bo'ldingiz. Asosiy maqsadingiz haqida o'rtoqlashsangiz.
- Maqsad - yosh o'zbek futbolchilariga evropani futboli standartlariga oid normativlar bilan ko'zdan kechirish, bazi narsalarni o'rgatish, qolaversa ularni kuzatish...

- Bir necha viloyatlarda bo'ldingiz, yoshlarimiz bilan ishladingiz. Dastlabki xulosalaringiz qanday?
- Avvalo aytishim kerakki, shu yilning bahorida harbiy xizmatdaligimda ilk mashg'ulotlarni termizlik yosh futbolchilar bilan muvaffaqiyatli o'tkazgan edik. Umuman olganda, xulosalar yomon emas. O'sha loyiha bo'yicha hamkorlikni kengaytirishga qaror qildik va bu safar master-klassni poytaxtdagi futbol akademiyalaridan boshladim. O'shalardagidek aslahalar (sport inventarlari) hamma joyda ham bo'lishini istar edim. Viloyatlarda oddiygina reakciyani shakllantiruvchi narvon yo'q. "Paxtakor" va "Nasaf"da bor. Xayriyat o'sha erda qo'lbola yasab oldik. Viloyatlarda ham sharoitlarni yaxshilash kerak. SHaroit deganda maydonni, epikirovkalarni nazarda tutmayapman. Oddiy mashg'ulotlar dasturi yo'q. SHunga yarasha aslahalar yo'q. Holbuki, viloyatlarda ham hali tarashlanmagan brilliantga tenglashtirish mumkin bo'lgan iqtidorli bolalar borligiga guvoh bo'ldim. Olmos - bilasiz, tarashlanmaguncha ko'zni qamashtiruvchi shisha bo'lagidan farq qilmaydi. Qachonki unga sayqal berilsagina qimmatbaho brilliantga aylanadi. Bilishimcha, o'smirlar terma jamoasiga asosan "Bunyodkor" va "Paxtakor" futbol maktabi foydalanuvchilari jalb etilar ekan. Buni to'g'ri usul, deb bo'lmaydi. Germaniyada faqat "Bavariya" Va "Borussiya"dan emas, barcha klublardan yoshlar yig'iladi…

- Lekin u maktablarga ham iqtidorli yosh futbolchilar butun mamlakat bo'ylab yig'ib olib borlishini unutmaslik kerak. Nima demoqchiman, Meksika, Turkiyada o'tgan jahon chempionatlarida qatnashgan tarkiblarda barcha viloyatlar vakillarini ko'rishimiz mumkin…
- To'g'ri, balkim shundaydir. Lekin futbolni alohida bir joyda parvarishlar baribir noto'g'ri. Bilasizmi, Germaniyada qanaqa? Bundesliga va ikkinchi Bundesligada qatnashuvchi barcha klublarga Germaniya futbol federaciyasidan tasdiqlangan rejali dastur keladi va yoshlar ana shu dastur bo'yicha tarbiyalanib boriladi. Albatta, vaqti-vaqti bilan ularni parvarishlayotgan murabbiylar uchun treninglar, seminarlar o'tkazilib turiladi. Ularda qo'shimcha yangiliklar, yuklanmalar muhokama etiladi. O'zbekistonda ham yoshlar futboliga ayni shunday munosabatda bo'lish kerak, deb o'ylayman. SHuning uchun Germaniya futbolida iqtidorlarning keti uzilmaydi, barcha yoshdagi terma jamoalarga irqi, millatidan qatiy nazar iqtidorlar etkazib berilaveradi.

Aytmoqchimanki, O'zbekistonda ishni izchil yo'lga qo'yish uchun barcha sharoitlar muhayyo. Ko'ryapman, stadionlar juda ajoyib. Jahon andozasi darajasida barpo etilgan. Davlat tomonidan bolalar sportiga kuchli etibor bor. Endigi navbat ishni ham jahon andozasi darajasida tashkil etishga qaratish kerak.

Men o'zim guvoh bo'ldim. Viloyatlarda juda ko'p iqtidorli yoshlar bor. Ularni to'g'ri tarbiyalab, to'g'ri yuklanma berib, to'g'ri parvarishlab borilsa, ulardan jahon miqyosidagi top-futbolchilarni tarbiyalash hech gap emas. Men o'zbek yoshlarini gavda tuzilishi, jismoniy jihatdan Koreya, Yaponiyalik tengdoshlariga qiyoslayman. Ana, Bundesligada javlon urib o'ynashayaptiku uzoq sharqlik futbolchilar? Nega o'zbek futbolchisi o'ynamasligi kerak. Hamma gap, tarbiyalashda, poydevorda!

- Demak, yosh futbolchilarni tarbiyalashda bizga izchil tizim kamlik qilayapti, degan fikrdasiz?
- Ha! Takrorlayman, bu erda bir jihatni etibordan qochirmaslik kerakki, bilimga, o'rganishga, o'zlashtirishga chanqoq yoshlar darhaqiqat ko'p. Ularni malum bir qolip asosida tayyorlab borish kerak. Yoshiga qarab saralab, yuklamalarni shunga qarab ko'paytirib borib. Qaytaraman, buning uchun Germaniyadagidek, O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan jahon, Evropa andozalariga mos umumiy normativ ishlab chiqilishi, yoshlarga joriy etilishi va har chorakda sport normativlarning qanday bajarilayotgani nazorat etib borilishi kerak. Reja ishlab chiqilishi lozim. Bu nafaqat poytaxtdagi futbol akademiyalari, futbol klublari qoshidagi maktablarda ham, viloyatlardagi futbol maktablarida ham yoppasiga, birdek amalga oshirilishi kerak. Ana shunda klublarga, o'smirlar va yoshlar terma jamoalariga raqobatbardosh yosh futbolchilar o'z-o'zidan etishib chiqa boshlaydi va buning kelgusida milliy terma jamoaga ham foydasi tegadi.

Men bu yo'lda O'zbekiston futbol federaciyasiga qo'limdan kelgan barcha yordamni berishga tayyorman.

SHuhrat SHOKIRJONOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика