Andrey Kojokarning raqami nechchi?
12 apr 2014 02:37
Yangiliklar


Andrey Kojokarning raqami nechchi?
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvining qaydnomasida "temiryo'lchilar" futbolchisi Andrey Kojokarning raqami 14 - deb yozildi va u maydonga 14 - raqam ostida maydonga tushdi. Qizig'i shundaki, "Lokomotiv" jamoasi mavsum oldidan o'tkazilgan taqdimot marosimida ushbu futbolchiga 87-raqamini topshirgan edi. Andrey Kojokari chempionatning 2-turida "Nasaf"ga qarshi o'yinda aynan 87 raqam ostida harakat qilgan. Lekin PFL saytida Oliy liga klublarining zayavkasida Kojokar 14 - raqam deb ko'rsatilgan. SHu o'rinda yana bir xatolik. "Lokomotiv"ning PFL saytida turgan zayavkasida ikkita futbolchi Mirshohid Alimov hamda Andrey Kojokar 14 - raqam ostida harakat qilishi belgilangan. Bu xatolik bo'yicha PFL qanday chora ko'rarkin?
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi qaydnomasi
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" o'yinida Kojokar ushbu raqamda harakat qildi
"Lokomotiv" rasmiy saytidan "skrinshot"
PFL saytidagi "Lokomotiv" - "Nasaf" o'yinidagi tarkiblar
PFL saytidagi "Lokomotiv" zayavkasi ko'rinishi
Taqdimot marosimi. Andrey Kojokarga 87-raqam topshirilmoqda. Egnidagi kiyimda esa 14-raqam turibdi
SHahboz Beg'amov

Fikrlar