So’nggi yangiliklar

Andrea Pirlo "yangi Pirlo"ni xarid qilmoqchi Yangiliklar

Andrea Pirlo "yangi Pirlo"ni xarid qilmoqchi

Turinning "Yuventus" klubi "Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonaliga yana qiziqish bildira boshladi.

"Keksa sinora"ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo 20 yoshli xavbekni o'z jamoasida ko'rmoqchi, deya xabar qildi SempreInter.

"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi Tonalining agenti va "Breshiya" prezidenti Massimo CHellino bilan muzokaralar stoliga o'tirishga tayyor.

Takidlanishicha, "yangi Pirlo" uchun kurashda "Inter" etakchi bo'lib turibdi. Milanliklar italiyalik yarim himoyachi uchun 40 mln evrodan voz kechishga tayyorlar.

O'z navbatida "Yuve" rahbariyati Tonaliga muqobil sifatida "Sassuolo" o'yinchisi Manuel Lokatelli variantiga ham befarq emas.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика