Andrea Pirlo: “ECHLda 90 daqiqa davomida ustunlikka ega bo'lish imkonsiz ish”
03 dek 2020 09:05
Yangiliklar
Andrea Pirlo: “ECHLda 90 daqiqa davomida ustunlikka ega bo'lish imkonsiz ish”
“Yuventus” ustozi ECHL 5-turida “Dinamo K”ga qarshi bahsdan so'ng (3:0) fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz birinchi bo'lim so'ngida tavakkal qildik, ammo bu normal holat. Bu musobaqada yaxshi jamoalarga qarshi o'ynab, 90 daqiqa davomida ustunlikka ega bo'lish imkonsiz ish. Ular hisobni tenglashtirishga harakat qildi, bizning esa qaysidir pallalarda himoyalanishimizga to'g'ri keldi. Umuman olganda yigitlarning ishga bo'lgan munosabatidan qoniqdim. Morata “Yuventus”ga juda yosh bo'lgan vaqtida kelgandi. Madrid va Londondagi faoliyatidan so'ng o'z shaxsiyatiga ega bo'lgan, tajribali futbolchi sifatida qaytdi. U bu erda baxtli. U bosimni his qilmayapti va bu unga o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatish uchun yordam bermoqda. Biz uni “Yuventus”da ko'rishni xohlagandik, uning shu erda ekanligidan xursandmiz”, — deydi Pirlo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar