Andre Villash-Boash Xitoy chempionatidagi legionerlarga bo'lgan cheklovni tanqid qildi
18 jan 2017 10:45
Yangiliklar
Andre Villash-Boash Xitoy chempionatidagi legionerlarga bo'lgan cheklovni tanqid qildi
"Bu qarorni mavsum oxirida qabul qilish kerak edi, chunki bunday katta o'zgarish chempionat boshlanishiga bir oy qolganda amalga oshirilmaydi. Biz eski qoidalar bo'yicha tarkib tuzdik, hozir esa hammasi o'zgardi. Biz g'aflatda qoldik. Xitoy futbol associaciyasi mahalliy yosh futbolchilarni o'sishi uchun bu qarorni qabul qilganini tushunaman, ammo bu ularning narxi suniy oshirilishiga olib keladi. Yosh futbolchilar katta bosim ostida qolishadi. Bu ular uchun foyda deb o'ylamayman" - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, 2017 yildan boshlab Xitoy klublari milliy chempionat o'yinlarida birdaniga faqat uch nafar legionerni maydonga tushirishi mumkin. Andre Villash-Boash qo'l ostidagi jamoada 5 nafar legioner bor. Bular Odil Ahmedov, Xalk, Oskar, Elkeson va Rikardo Karvalo.
Fikrlar