Andre Villash-Boash: "To'g'risi, APL oldingidek emas"
18 jan 2014 18:42
Yangiliklar


Andre Villash-Boash: "To'g'risi, APL oldingidek emas"
"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Andre Villash-Boash yaqin vaqt orasida ingliz klublari bilan ishlamoqchi emasligini aytib o'tdi.
"Angliyada ikkita ajoyib klub bilan ishladim. Bundan yaxshiroq natijaga erishishim mumkin edi. Lekin bo'lar ish bo'ldi. To'g'risini aytsam, Angliya chempionati avvalgidek emas hozir. Klublarga barqarorlik etishmayapti. Rahbarlar qisqa muddatda maksimum natija talab qilishyapti. Muhlislarga ham bu narsa taaluqli. Ular hammasini darhol yutishingizni xohlashadi. Agar nimadir o'xshamay qolsa, darhol tanqid qilishga o'tib ketishadi", deya uning so'zlaridan ingliz nashrlari iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar