Andre Ayyu faoliyatini Xavi jamoasida davom ettiradi
22 iyu 2021 23:53
Yangiliklar


Andre Ayyu faoliyatini Xavi jamoasida davom ettiradi
Hujumchi Andre Ayyu faoliyatini "Al Sadd"da davom ettiradigan bo'ldi.
31 yoshli ganalik yaqin orada Dohaga uchib boradi va shartnomaga imzo chekadi.
Ayyu "Al Sadd"ga erkin agent sifatida o'tmoqda. U 2015 yilning iyulidan 2021 yilning mayigacha "Suonsi"da to'p tepdi.
Forvard 2020/21 yilgi mavsumda 47 o'yinda 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "Al Sadd" ustozi "Barselona" hamda Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xavi hisoblanadi. SHuningdek, jamoada Xavining vatandoshi Santi Kasorla o'ynashini aytib o'tish joiz.
O’xshash yangiliklar
21:00
A Seriya. "Napoli" o'z uyida "Fiorentina"ni mag'lub etdi, "Inter" bilan oradagi farq - 1 ochko 1

Fikrlar