So’nggi yangiliklar

03:00ЕЧЛ. "Атлетико" охирги дақиқада гол уриб, ПСЖдан ғалабани юлиб олди. "Арсенал" "Интер"га ютқазди  9 02:55ЕЧЛ. "Барселона" "Црвена Звезда" дарвозасига бешта гол урди, "Бавария" "Бенфика"ни мағлуб қилди ва бошқа натижалар  20 01:00ОЧЛ 2. "Насаф" Голбаннинг хатолари сабаб мағлуб бўлди  1 00:53Рўзиқул Бердиев: "Мағлубиятимизга бир неча сабаблар бор. Плей-оффга чиқиш имкониятларимиз кескин камайиб кетди"  3 23:49"Ал Ҳилол" Неймар энг камида бир ойга сафдан чиққанини тасдиқлади  0 23:23ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" "Қувайт СК"ни мағлубиятга учрата олмади. Бу "Насаф"нинг имкониятларини бироз оширди (гуруҳдаги вазият)  12 22:55Россия кубоги. "Рубин" ва ЦСКА чорак финалнинг илк баҳсида дуранг қайд этди. Файзуллаев 71, Раҳмоналиев 85 дақиқа ҳаракат қилди  5 22:30Абдуқодир Ҳусанов Франция чемпионатида ойнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  9 21:53"Ал Ҳилол" Неймардан қутулиш ҳақида ўйламоқда  8 21:36Қатар термаси Ўзбекистонга қарши ЖЧ саралашидан ўрин олган ўйин учун қайдномасини эълон қилди  13 21:00ОЧЛ 2. "Насаф" ўз майдонида Иордания клубига мағлуб бўлди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини камайтириб юборди  261 20:10Англия премьер-лигасида энг кўп маошни қайси футболчилар олади? Салоҳ 4-ўринда  9 19:45Расман: Григорий Колосовский - "Локомотив" бош мураббийи  21 19:25Алексей Евстафеев: "Ҳозирги ҳолатимизда бир очко биз учун кам"  1 19:10Ҳаким Фузайлов: "Мавсум охири бўлишига қарамай, йигитлар охиригача курашишди"  0

Andijonlik muxlislar Abduraimovdan istefoga chiqishni so'ramoqda Yangiliklar

Andijonlik muxlislar Abduraimovdan istefoga chiqishni so'ramoqda

Jamoa o'z maydonida “So'g'diyona”ga yutqazib qo'yishini ko'pchilik kutmagandi.
Ushbu bahsda mezbonlar 2:0 hisobida ortda qolayotganida stadiondagi muxlislar jo'r bo'lib Azamat Abduraimovning istefoga chiqishini so'rashdi. 11ta o'yindan so'ng atiga 4 ochko jamg'arib turnir jadvalining oxirgi pog'onasiga tushib ketgan “Andijon”da odatda ketma-ket 4ta uchrashuvdan keyin bosh murabbiyning kreslosi qimirlab qolardi. Bu haqda matbuotda ham tez-tez bong urilardi. Biroq Azamat Erkinovichning salbiy natijalaridan keyin ham hamon o'z lavozimida faoliyat olib borayotgani qiziq tuyulmoqda. Nahotki klub mutasaddilari jamoa natijalaridan kelib chiqib, bosh murabbiyning faoliyati va uning kelgusi taqdirini ko'rib chiqmayotgan bo'lsa!

Azamat Abduraimov davralar oralig'ida transfer bozorida jiddiy ishlashini aytib jamoani oliy ligada olib qolish mumkinligini aytgan. Endi turnir jadvaliga qaraylik. Balki “Andijon” Jizzax jamoasidan o'tib ketar. Bu jamoadagi moliyaviy qiyinchiliklar mavjudligini bilamiz. Ammo 9 ochko bilan 12-pog'onada turgan “Dinamo”dan o'ta olishiga ishonish qiyin. Sababini aytib o'tsak, “Dinamo” 1-davradagi mag'lubiyatlarni “Neftchi”, “Nasaf”, “Qizilqum” va “Olmaliq”dan qabul qildi. Ularning bari safarda. “Andijon” va “So'g'diyona” safarda mag'lub etildi. Demak, bu jamoalarga qarshi keyingi davrani o'z maydonida o'ynaydigan samarqandliklar hech bo'lmasa 80% natijani qayd etgan taqdirda ham oliy ligadan tushib ketishmaydi. “Buxoro” esa “Andijon”dan 8 ochkoga oshib ketgan. Gess shogirdlari ham ikkinchi davrani o'z maydonida o'ziga o'xshagan raqiblarga qarshi o'tkazadi. “Neftchi” esa tushib ketmasligi aniq. “Andijon”dan farqli ravishda “Dinamo”, “Buxoro” va “Neftchi”da natija bo'lmasa-da, o'yin bor. “Andijon” esa uyida ochko olishi mumkin bo'lgan jamoalar - “Dinamo”, “Mashal” va “So'g'diyona”ga imkoniyatni boy berib bo'ldi. 9 ochko oliy ligada qolish uchun juda katta rol o'ynashini hammamiz bilamiz. Keling, statistikaga murojaat qilamiz.

2013 yil so'nggi pog'onada turgan “Qizilqum” va 12-o'rindagi “Neftchi” o'rtasidagi farq 1 ochko bo'lgan. 2012 yil esa “Mashal” va “Navbahor” o'rtasidagi farq ikkita edi. 2011da ham 2 ochkolik tafovut mavjud bo'lgan. “Paxtakor” 50 yoshida “Torpedo”ni mehmon qilgan bo'lsa, “Andijon” 50 yoshida birinchi ligaga ravona bo'lishi shunchaki achinarli. Puli yo'q “Navbahor” oltilikka kirishga intilayotgan bir paytda “So'g'diyona”dan ancha baquvvat bo'lgan “Andijon”ning hatto o'z maydonida ham mag'lubiyatga uchrab kelayotgani klubda ish to'g'ri yo'lga qo'yilmaganidan dalolat.

Saytimiz pochtasi-yu, xodimlarimizning telefonlari “tutab” ketdi. “Assalomu alaykum, biz “Andijon” futbol klubi muxlislarimiz” deb xat yozgan o'quvchidan keyin, “Allo, siz “SA”da ishlaysizmi?” degan murojaatlarga javob berib kelyapmiz. Ularning iltimosi bitta: biz orqali AZAMAT ABDURAIMOVdan istefo so'rash. Azamat Abduraimovni o'zbek futbolida tutgan o'rni katta. Faqat bunday natija bilan o'z obro'siga putur etkazib qo'yishi yaxshi emas. O'z maqolalaridan birida hamkasbimiz Xayrulla Xoliqov Azamat Erkinovich futbolda boshqa yo'nalishda faoliyat yuritganida, undan yaxshiroq mutaxassis va foydaliroq xodim chiqishini takidlab o'tgandi. Haqiqatdan ham shunga o'xshaydi. Agar Azamat Abduraimov “Andijon” bilan birinchi ligaga ravona bo'lsa, uning tarixidan hunuk natija joy oladi. Yani Abduraimov O'zbekistonda bir jamoani ikki marotaba oliy ligadan tushib ketishiga sabab bo'lgan yagona mutaxassis bo'ladi, bunday holat jahon futbolida ham kamdan kam kuzatiladi.

Qay bir andijonlik muxlis bilan gaplashmang, ularning bari Azamat Abduraimovning o'z lavozimidan ozod etilishini so'ramoqda. To'g'ri-da, bu yil jamoaning 50 yillik yubiley to'yi bo'lsa-yu, jamoa uchinchi bor oliy ligadan tushib ketish xavfi ostida turgan bo'lsa... Muxlislarni ham tushunamiz. Mamlakatimizdagi futbol ishqibozlari haqida gap ketganda Andijon muxlislarini chetlab o'ta olmaymiz. Ular hattoki jamoani birinchi ligadagi mavsumida ham yolg'izlatib qo'ymadi va har bir uchrashuvda qizg'in qo'llab-quvvatladi. Bunday jonkuyar ishqibozlarga kamida 5-o'rinda yuradigan klub kerak!

Tahririyat.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика