So’nggi yangiliklar

22:37Рэшфорд Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин?!  1 22:15"Интер" ва "Ювентус" Доннаруммани қўлга киритмоқчи  2 21:50"Ливерпуль" Александер-Арнолднинг ўринбосари учун 30 млн фунт тўлашга тайёр  1 21:22Кварацхелия, Ямал, Зоммер - УЕФА Чемпионлар лигасида ҳафтанинг энг яхши жамоасида  0 20:57Про лига. "Локомотив" "Арал"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  0 20:44U-14 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистонга мағлуб бўлди  4 20:16Эрон Про лигаси. Машарипов, Ўрунов ва Яхшибоев захирада, Юсупов эса асосий таркибда  0 19:44Goal талқинига кўра "Олтин тўп" учун бош даъвогар ким?  20 19:10"Футбол ТВ" ва "Спорт" топ-чемпионатлардан бирининг намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  41 18:38"Ливерпуль" "Атлетико" юлдузини сотиб олишни режалаштирмоқда  4 18:04Биринчи лига. "Дўстлик" ёшлар билан дадил одимламоқда   0 17:28Хави Анчелоттига бўлаётган танқид ҳақида: "Испанияда босим жуда катта"  8 16:51Аёллар. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё кубогида Австралияни мағлуб этди  4 16:11Шерзод Аъзамов: "Дориев "Сўғдиёна"га келганида 30 минг доллар маош олган экан"  12 15:28Германия супер клуби Нико Уильямсни сотиб олмоқчи  2

"Andijon" jamoasi Andijon viloyati hokimi bilan uchrashdi Yangiliklar

"Andijon" jamoasi Andijon viloyati hokimi bilan uchrashdi

Kecha, 12 aprel kuni Andijon viloyati hokimi, Andijon viloyati futbol federaciyasi prezidenti SHuhratbek Qo'shoqboevich Abdurahmonov “Andijon” jamoasi murabbiylari hamda futbolchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan futbol maktab internatida bo'lib o'tdi. Andijon viloyati hokimi uchrashuv chog'ida “Andijon” jamoasi uchun kerakli barcha yordamlarni berishini va bundan keyin muammolar bo'lmasligini aytib o'tdi. SHuni aytib o'tish kerakki, viloyatimiz hokimi tashabbusi bilan “Sog'lom avlod” stadionining echinish-kiyinish xonasida tamirlash ishlari olib borildi va ayni paytda yakunlanish arafasida.

CHempionatning 5-turida, 18 aprel kuni “Andijon” jamoasi o'z maydonida “Buxoro”ni qabul qiladi. SHu kuni “Sog'lom avlod” stadionida chempionatning ochilish uchrashuvi bo'ladi. 18 aprelga qadar stadionda barcha ishlar yakunlanadi. Bundan tashqari SH.Abdurahmonov “Andijon” klubi qoshidagi Bo'ston dahasida joylashgan futbol maktabi maydonlarining sifatini yaxshilab, bemalol mashg'ulot o'tkazish imkoniyatini yaratib berishini ham takidladi. SHu bilan birga viloyatimiz hokimi jamoani moliyaviy qo'llab-quvvatlab borishini ham malum qildi. Bunga javoban “Andijon” jamoasi chempionatda yaxshi natijalar qayd etib, muxlislarni xursand etishini SH.Abdurahmonov so'zining oxirida aytib o'tdi.

Uchrashuv davomida “Andijon” jamoasi sardori Rasul Rahmonov so'zga chiqib, jamoaga viloyat hokimligi tomonidan berilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi va bunga javoban yaxshi natijalar ko'rsatishga vada berdi.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” jamoamiz chempionatda shu kungacha o'tgan 4ta turning barchasini safarda o'tkazdi va bu o'yinlarda bir ochkoni qo'lga kiritdi. 18 aprel kuni esa jamoamiz o'z maydonidagi dastlabki uchrashuvni “Buxoro”ga qarshi o'tkazadi.

“Andijon” klubi matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика