So’nggi yangiliklar

07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  0 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  43 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3

“Andijon”: Usmonov qaytdi, Mullajonov ketdi Yangiliklar

“Andijon”: Usmonov qaytdi, Mullajonov ketdi

Teglar :  Andijon
Andijonliklarning yig'ini o'z qarorgohida davom etmoqda. Mashg'ulotlar bosh murabbiy Edgar Gess boshchiligida o'tkazilmoqda.

Darvoqe, ushbu murabbiyning so'nggi paytlarda klubdan ketishi haqida gap-so'zlar ko'payib ketgandi. Aytishlaricha Edgar Yakovlevich jamoadagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

SHu bois bo'lsa kerak, kecha “Sog'lom Avlod” stadionida o'tgan kechki mashg'ulot chog'ida bosh murabbiy astoydil ishladi. Gessning tarkibdagi 29 nafar futbolchi bilan eng shimarib ishga kirishgani, mashg'ulotlarga tashrif buyurayotgan ishqibozlarni ham xursand qilmasdan qolmayapti. Aytish lozimki, “burgutlar”ning soat 18:00da boshlanayotgan mashg'ulotini 50ga yaqin muxlis bevosita stadionda kuzatib bormoqda. Tarkibdagi o'zgarishlar esa ularning diqqat markazida turibdi.

Deyarli kun-ora “Andijon” yig'iniga yangi futbolchilarning kelib qo'shilishi davom etmoqda. Bundan bir necha kun oldin himoyachi Doniyor Usmonovga javob berilgandi. Ammo 29 yoshli futbolchi yana jamoa safiga qaytgan. Kecha uni mashg'ulot chog'ida uchratdik. Legionerlar - darvozabon Gennadiy Moshnyaga va yarim himoyachi Predrag Vuyovichning yurtidan qaytib kelishi biroz cho'zilmoqda. Yaqinda “Andijon” mashg'ulotida ishtirk etib yurgan SHavkat Mullajonov xuquqiy jamoasi bo'lmish, “Lokomotiv” ixtiyoriga jo'nab ketgan ko'rinadi.

Birinchi liga vakili “UzDongJu” jamoasidan kelib qo'shilgan SHahboz Jumaboev ham negadir tarkibda ko'rinmadi. Ushbu jamoadan 20 yoshli futbolchi Xondamir Yuldashev “Andijon” yig'inida ishtirok etayotganini etirof etish lozim. U hozircha ko'rikdan o'tmoqda.

Ikkinchi davraga tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida ayni damda rahbariyat bir nechta futbolchilar bilan muzokara o'tkazayotganini etirof etish lozim. SHu bois yaqin orada jamoa yig'iniga yangi nomlar kelib qo'shilsa ajab emas.

Mashg'ulot chog'ida bosh murabbiyga uning yordamchilari Vitaliy Legay bilan Server Esetov ko'maklashmoqda. Oleg Tyulkin esa hamon jamoaga qaytmagan.

Qariyib ikki soat davom etgan mashg'ulotda barcha futbolchilar to'liq kuch bilan ishladi. Asosan to'p bilan ishlanib va turli tarkiblar bilan yarim maydon bo'ylab, futbol o'ynaldi. Mashg'ulot so'nggida o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligini yanada yaxshilashga etibor qaratilib, buning ustida jiddiy shug'ullanilgani ham etiborimizni tortdi. Futbolchilarning juda qiynalganini payqash qiyin bo'lmadi. Ha, mayli. Mashug'lotda qancha qiyin bo'lsa, jangda shuncha oson bo'ladi.

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика