"Andijon": Toshkent yig'ini "Dinamo"ni mag'lub etish bilan tugadi
27 iyu 2015 11:50
Yangiliklar


"Andijon": Toshkent yig'ini "Dinamo"ni mag'lub etish bilan tugadi
20 iyuldan 26 iyulgacha andijonliklar poytaxtda shug'ullandilar. Yig'inning so'nggi kunida jamoamiz “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi.
Dukentda bo'lib o'tgan bu uchrashuvda “Andijon” raqibini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ibrohim Otaxonov, Temur Vasilev va Anvar Berdiev samarqandliklar darvozasini ishg'ol etishdi.
“Andijon” tarkibi: Gennadiy Moshnyaga, Umrillo Ramozonov, Davron Tursunov, Javlon Guseynov, Iqbol Boboxonov, Ibrohim Otaxonov, Asqar Jadigerov, Rustam Azamov, Temur Vasilev, Predrag Vuyovich, Anvar Berdiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Asqaraliev, Lochin Soliev, Iqbol Akramov, SHukur Jumaboev, Abdumalik Abdullaev, Tursunboy Xusanov, Xondamir Yuldashev.
Gollar: Otaxonov, Vasilev, Berdiev (penalti).
Ushbu o'yindan keyin Edgar Gess futbolchilarga bir kunlik dam berdi. Endi jamoamiz tayyorgarlikni Andijonda davom ettiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar