So’nggi yangiliklar

13:20Аргентина дарвозабони Сармиенто: "Игитага қарши ўйнаш – бутунлай бошқа футзал"  0 12:56Ниҳоят, МЮ Тен Ҳаг ўрнига мураббий қидира бошлади  5 12:30Афсонавий Буффон иккинчи марта уйланди. Унинг рафиқаси "Sky Sports" собиқ ходимаси   1 12:07Суперлига. 21-тур учрашувларининг санаси маълум  1 11:46Хитой Тайпейидаги қийинчиликлар, Суперлига мураббийларига раҳмат, Аргентина ва Уругвайга қарши бўлажак ўйинлар ҳақида — Фарҳод Нишонов  0 11:40Рафаэль Морильо: "Бир кун келиб, шоҳсупадан ўрин оламиз"  0 11:35Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025: ФИФА стадионлар рўйхатини эълон қилди  3 11:03U-20 Осиё кубогига чиққан барча иштирокчилар маълум бўлди. Марказий Осиёдан иккита терма жамоа бор  5 10:42"Андижон" бош директори кубок финалидан олдин ўз фикрларини билдириб ўтди  6 10:21Превью. "Персеполис" - "Пахтакор"  8 10:06Тен Хаг кечаги шармандали мағлубиятдан сўнг истеъфоси ҳақидаги саволга жавоб берди  19 08:46ЦСКА футболчиси Аббосбек Файзуллаевни мақтади  16 08:10FourFourTwo жаҳоннинг энг яхши дарвозабонлари рейтингини тузди   4 07:38ОФК ЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини эронлик ҳакамлар бошқаради  4 07:25Ла Лига. "Атлетико Мадрид" - "Реал Мадрид" 1:1, "Реал" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  9

“Andijon” tarkibiga yangi futbolchilar kelishi davom etmoqda Yangiliklar

“Andijon” tarkibiga yangi futbolchilar kelishi davom etmoqda

Bor etiborini oliy ligada qolishga qaratayotgan “Andijon” o'z tarkibini kuchaytirish uchun yangi nomlarni taklif etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, yangi bosh murabbiy Sergey SHevchenko dushanba kunidan boshlab, rasman ishga kirishdi. Aytish lozimki, ukrainalik murabbiy qanday bo'lmasin jamoani kuchlilar safida olib qolish uchun ishga jiddiy kirishgan.

Buning uchun Sergey Yakovlevich jamoadagi raqobatni kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni yig'inga jalb etib kelmoqda. Mahalliy futbolchilardan tashqari xorijlik o'zi yaxshi bilgan shogirdlarini ham taklif etib, vaziyatni o'nglashga intilayotgani ko'rinib turibdi.

Tarkibda yuz berayotgan har bir o'zgarish muxlislarning diqqat markazida turibdi. Saytimiz orqali avval malum qilganimizdek, bugungi kunda jamoa mashg'ulotlarida Lochin Dolimov, Bahrom Yuldashev, Ayubxon Gapparov, Aziz G'ulomxo'jaev, Aziz Alijonov, Iqbol Akramov, Sardor Soibov hamda Sayriddin G'afforov kabi yangi o'yinchilar ishtirok etmoqda.

SHuningdek undan tashqari seshanba kuni Ukrainadan markaziy himoyachi Vitaliy Vizaver klub lagerida paydo bo'ldi. Ertasi kuni esa yana bir ukrainalik futbolchi Igor Melnik tashrif buyurdi. Bu futbolchi maydonda hujum chizig'ida harakat qiladi. Birinchi davrani “Navbahor”da o'tkazgan Sohib Abdullaev ham ayni damda “burgutlar” yig'inida ishtirok etayotganini aytib o'tish lozim.

Qolaversa “Andijon” uchun begona bo'lmagan sobiq darvozabon Boris Beloshapka ham kuni-kecha murabbiylar shtabida ish boshladi. Bungacha posbonlarni shug'ullantirib kelgan Qobiljon Olimjonov esa yoshlar jamoasida Qahramon Abduqodirovga yordam beradigan bo'ldi.

Andijonliklar selekciya jarayonini bu bilan to'xtatib qo'ymoqchi emas. Ushbu haftada yana bir nechta taniqli nomlar kelishi kutilmoqda.

Jamoani esa kuni-kecha Alisher Azizov bilan Anvar Rajabov tark etgan. Birinchi davrada sermahsullik ko'rsata olmagan ushbu hujumchilar endilikda o'zlariga boshqa jamoa topadigan bo'ldi.  

“Andijon” ustozi SHevchenko kecha futbolchilarni ikki tarkibga ajratgan xolda o'yin tashkil etdi.

SHuni alohida takidlash joizki, mahalliy muxlislar Sergey Yakovlevichni jamoada ish boshlaganidan mamnun. Har xolda buni stadionga mashg'ulotlarni kuzatgani kelayotgan ishqibozlarning tashrifidan ham bilib olish qiyin emas.

CHorshanba kuni “Sog'lom Avlod” stadionida kechgan o'yinga ham 200 ziyod muxlislar qadam ranjida qildi. Birinchi liganing rasmiy o'yinlariga ham bunchalik tomoshabin kirmayotgan bir paytda “Andijon” mashg'ulotlariga ko'plab muxlislar tashrif buyurayotgani albatta kishini xursand qilmay qolmaydi. Mashg'ulotlardan keyin SHevchenkoni yaxshi bilgan yoshi katta muxlislar unga yana jamoaga qaytganidan xursand bo'lishayotganini aytib, omad tilashdi. Bir so'z bilan aytganda Sergey SHevchenkoning yana “Andijon”da ish boshlagani mahalliy ishqibozlarda umid uchqunlarini uyg'otmoqda. Muxlislar bu yil jamoani kuchlilar safida qolishiga qattiq ishonishayotgani, ular bilan o'tkazgan o'zaro suhbatlarimizda amin bo'ldik.

Kecha soat 18:30da boshlangan o'yinga keladigan bo'lsak, har bir taym 40 daqiqadan iborat bo'ldi. Gol urish uchun har bir jamoa juda qiynaldi. Teng kurashlar ostida kechgan bahsni SHevchenko maydon chetida diqqat bilan kuzatib bordi va o'zi uchun kerakli xulosalarni chiqarib olgan bo'lsa ajab emas.

Uchrashuvda Bahrom Abdurahimov tomonidan kiritilgan yagona gol “Qizillar”ga g'alab keltirdi. O'yinni esa oliy liga toifasidagi hakam Temur To'xtasinov boshqarib bordi.

Bahs davomida maydon tashqarisida Beloshapka ixtiyoridagi posbonlar bilan astoydil ishladi va ularga murakkab mashg'ulotlari bilan yuklamalar berdi. Boris Ivanovichning o'tkazgan mashg'uloti stadionga kelgan muxlislarning ham etiborini tortmasdan qolmadi.  

SHu kuni futbolchilar quyidagicha tarkib xosil qildi.   

“Sariqlar”: Temur G'aniev, Temur Sultonov, Davron Tursunov, Vitaliy Vizaver, Aziz G'ulomxo'jaev, Mirzakamol Kamolov, Rasul Rahmonov, Aziz Alijonov, Iqbol Akramov, Ibrohim Otaxonov, Sohib Abdullaev.

“Qizillar”: Muhiddin Xudoyorov, Bahrom Yuldashev, Dilmurod Mahmudov, Asror Rahmonov, Rahim Qodirov, Alisher To'xtasinov, Sardor Soibov, Bekzod G'oziev, Bahrom Abdurahimov, Ayubxon Gapparov, Lochin Soliev.

Zaxiradan tushganlar: Lochin Dolimov, Sergey Smorodin, Sayriddin G'afforov, Igor Melnik, Akmal Jo'raboev, SHuhrat Mirxoldirshaev.

 “Burgutlar”ning mazkur yig'ini ushbu hafta so'nggida poyoniga etadi. SHundan so'ng yangi murabbiy talabiga javob bermagan ayrim o'yinchilarga javob berishi mumkin.  20 iyuldan esa tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Toshkentga ko'chadi. Poytaxt yig'ini mobaynida oliy va birinchi liga jamoalari bilan sinov-nazorat uchrashuvlarini tashkil etish rejasi tuzib chiqilmoqda.

Islombek RUSTAMBEKOV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика