So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

"Andijon" - "Neftchi". 0:4. Vodiy derbisida farg'onaliklar ustun! Yangiliklar

"Andijon" - "Neftchi". 0:4. Vodiy derbisida farg'onaliklar ustun!

Oliy Liga 11-turidan o'rin olgan "Andijon" hamda "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasi bilan shu erda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.

"Andijon" (Andijon) - "Neftchi" (Farg'ona)
0:4
30 may. Andijon. 17:00. "Sog'lom avlod" stadioni.

Gollar:
Sardor Rahmonov 12 (pas-Holmatov), SHerzod Hakimov 33, Akmal Xolmatov 90+3, Murod Bobojonov 90+5.

Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Andijon: 12. Gennadiy Moshnyaga, 4. Rahimjon Qodirov, 6. Ibrohim Otaxonov, 9. Lochin Soliev, 10. Predrag Vuyovich, 11. Abdumalik Abdullaev, (22. Iqboljon Akramov 46), 17. Temur Vasilev, 18. Rustam Azamov, (28. Rasuljon Rahmonov 44), 21. Javlon Guseynov, 23. Sanjar Asqaraliev (c), (14. Abdulatif Abduqodirov 86), 55. Asror Rahmonov.
Zaxira: 1. Eldor Isaboev, 3. Davron Tursunov, 8. SHukur Jumaboev, 70. Farruh SHotursunov.


Neftchi
: 30. Evgeniy CHeremisin, 4. Oybek Nurboev, 7. Mansur Saidov, 8. Akmal Xolmatov(c), 9. SHerzod Hakimov (38. Abbos Maxsitaliev 65), 20. Dilyorbek Irmatov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 22. Ro'zimboy Ahmedov (10. Murod Bobojonov), 32. Jahongir Mehmonov, 33. Sardor Rahmonov, 44. Umidjon Qodirov (11. Otabek Xaydarov 83).
Zaxira: 1. Sergey Smorodin, 2. Sardor Qulmatov, 24. Kamron Kapadze, 28. Abdulloh Olimov.

Ogohlantirishlar: Asror Rahmonov 23, Abdumalik Abdullaev 43, SHerzod Hakimov 59, Iqbol Akramov 61, Sardor Rahmonov 65, Umidjon Qodirov 68, Sergey Smorodin 76.

CHetlatish
: Asror Rahmonov 35.



Matnli translyaciyani amalga oshirishda yordam bergani uchun Komiljon Ikromovga minnatdorchilik bildirib o'tamiz.

90+6. O'yin yakunlandi!

90+5. Yana GOOOOOOLLLL!!! Murod Bobojonov Mansur Saidov bilan uyushtirilgan kombinaciya natijasida hisobni yiriklashtirdi!


90+4. Ha, uchrashuvda Neftchi jamoasi futbolchilari har tomonlama raqibdan ustun ekanliklarini o'yin orqali isbotlab qo'yishmoqda.

90+3. GOLLL!!! Akmal Xolmatov ochiq darvozaga zarba yo'llab hisobni yiriklashtirdi. Xolmatovga pasni Bobojonov chiroyli tarzda etkazib berdi.

90+1. Uchrashuvda jamoasining o'yinidan qoniqish hosil qilmagan andijonlik muxlislar asta-sekin maydonni tark etishmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89. Andijon jamoasi jarimadan kuchli zarba yo'lladi. Rasul Rahmonovning zarbasini CHeremisin qaytardi.

89. "Neftchi" tarkibidagi Ro'zimboy Ahmedov o'rniga Murod Bobojonov maydonga tushdi.


86. O'zgarish. Sanjar Asqaraliev o'rniga Abdulatif Abduqodirov maydonga tushdi.

85. Zarbaaaa! Mansur Saidovning yo'llagan kuchli zarbasini Moshnyaga qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

83. O'zgarish. Umidjon Qodirov o'rniga Otabek Xaydarov maydonga tushdi.


81. O'yin so'nggiga yaqinlashgani sari asabiy ruhda davom etmoqda.

80. Tezkor qarshi xujumga o'tgan mehmonlar judayam xavfli vaziyatni vujudga keltirishdi. Abbos Maxsitalievning uzatib bergan to'pini Akmal Xolmatov darvozaga yo'llay olmadi.

76. Qiziq xolat. Maydon ichidagi to'pni Akmal Xolmatovga etkazib berishga harakat qilgan zahiradagi darvozabon Sergey Smorodin hakam tomonidan ogohlantirildi.

74. Mansur Saidov maydon markazida ikki o'yinchini aldab o'tgan xolda Ro'zimboy Ahmedovni birga-bir vaziyatga chiqardi. Lekin Ahmedov o'yindan tashqari holatda edi.

70. Yaqindagina maydonga tushgan Abbos Maxsitaliev faolligi bilan ajralib turmoqda. O'ng qanotdan uyushtirgan xujumlari xavfli tus olmoqda.

68. Ogohlantirish. Umidjon Qodirov


65. O'zgarish. "Neftchi" tarkibidagi SHerzod Hakimov o'rniga Abbos Maxsitaliev maydonga tushdi.

65. Ogohlantirish. Sardor Rahmonov


62. Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo'lmoqda.

61. Yana bir ogohlantirish. Iqbol Akramov.

60. SHerzod Hakimovning faolligi evaziga "Neftchi" jamoasi xavfli hujum uyushtirdilar. Ahmedov yakuniy zarba berishda adashdi.

59. Ogohlantirish. SHerzod Hakimov.

57. Akmal Xolmatov jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi. To'ppa-to'g'ri darvozaga yo'llangan zarbani Moshnyaga qiyinchilik bilan egallab oldi.

52. "Andijon" jamoasi o'yinchilari ikkinchi bo'limda xujumlarda o'tishda pala-partishliklarga yo'l qo'yishmoqda.

50. Lochin Soliev raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Ceytlin bunga etibor qaratmadi.

49. "Andijon" jamoasi jarima zarbasi ishlab oldi. 30 metrlardan Javlon Guseynovning kuchli zarbasini CHeremisin egallab oldi.

48. Ro'zimboy Ahmedov o'ng qanotdan aniq pas orqali SHerzod Hakimovni to'p bilan taminladi. Lekin Hakimov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

46. O'zgarish. Abdumalik Abdullaev o'rniga Iqboljon Akramov maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+1. Birinchi bo'lim so'nggida "Andijon" jarima zarbasi tepishga muvaffaq bo'ldi. Javlon Guseynovning zarbasi darvoza ustuni tepasidan o'tib ketdi.

45. Bosh hakam Vladislav Ceytlin birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

44. O'zgarish. "Andijon" tarkibidagi Rustam Azamov o'rniga Rasul Rahmonov maydonga tushdi.

43. Ogohlantirish. Abdumalik Abdullaev.

41. Uchrashuv shiddati pasaygandek tuyulmoqda. Jamoalar maydon markazida to'pni ushlab turishmoqda.

35. CHetlatish! Asror Rahmonov maydon markazida Muhsin Ubaydullaevga qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochka ishlab oldi. Bu qizil kartochka degani!

33. GOOOOOLLL!!! 33. SHerzod Hakimov uch o'yinchini aldagan xolda jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi. Bu zarbani qaytarishga Moshnyaga ojizlik qildi - 0:2!


29. "Andijon" o'yinchisi Lochin Soliev qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning bergan zarbasiga Nurboev to'g'anoq bo'ldi.

24. "Neftchi" o'yinchilari Xolmatov-Saidov-Hakimov kombinaciyasini Hakimov yakunlay olmadi. Uning bergan zarbasi darvoza ustunining yuqorisidan o'tib ketdi.

23. Dastlabki ogohlantirish. Andijon o'yinchisi Asror Rahmonov.


20. Farg'onadan tashrif buyurgan minglab muhlislar o'z suyukli jamoalarini olqishlashni boshlab yuborishdi.

18. Endi xujum qilish navbati "Andijon"ga keldi. Rustam Azamovning kuchli zarbasini CHeremisin qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi. Ha, uchrashuv judayam qiziqarli bo'lib o'tmoqda. Haqiqiy derbi!

16. Akmal Xolmatov chap qanotdan ikki o'yinchini aldab o'tgan holda SHerzod Xakimovni to'p bilan taminlagan edi. Lekin hakamlar bu vaziyatni o'yindan tashqari holat deb baholashdi.

12. GOOOOOOLL!!! Sardor Rahmonov o'yinda hisobni ochmoqda. Holmatovning burchakdan etkazib bergan to'pini Rahmonov raqib darvozasiga yo'llab qo'ydi!

10. Qarshi xujumga o'tgan mehmonlar xavfli vaziyat yaratishdi. Ammo, Ro'zimboy Ahmedov darvozaga zarba berishda biroz adashdi.

9. Lochin Solievning burchakdan uzatib bergan zarbasini Vuyovich darvozaga yo'lladi. Ammo noaniq.

7. "Neftchi" o'yinchisi Umid Qodirovning chamasi 25 metrlardan bergan kuchli zarbasini Moshnyaga egallab oldi.

3. "Neftchi" futbolchisi Dilyor Ermatov o'z jarima maydonida xatoga yo'l qo'ydi. Lochin Soliev to'pga etib kela olmadi. CHeremisin esa to'pni egallab olishga muvaffaq bo'ldi.

1. O'yin boshlandi!

Uchrashuvni mezbonlar oq, mehmonlar esa yashil-oq liboslarda o'tkazishadi.


Jamoalar madhiya sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

Assalomu alaykum! "Andijon" hamda "Neftchi" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan vodiy derbisidan matnli translyaciyani boshlaymiz!


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика