“Andijon” kecha Toshkentda yig'ildi
30 iyu 2014 09:42
Yangiliklar
“Andijon” kecha Toshkentda yig'ildi
Sergey SHevchenko boshqaruvidagi “Andijon” jamoasi kecha malum muddatlik tatidan so'ng yana Toshkentda yig'ildi.
Yig'inning birinchi kunida yangi futbolchilardan birgina Javlon Guseynov ko'rinish berdi. Mavsumning birinchi qismida “NBU-Osiyo” sharafini himoya qilgan Guseynov kecha mashg'ulotlarda ishtirok etdi. SHundan so'ng murabbiylar unga javob berib yuborgan.
SHu kunlarda tarkibga yana bir nechta yangi o'yinchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Avval xabar berganimizdek, 27 yoshli hujumchi Vyacheslav SHevchenko faoliyatini yana yurtimizda davom ettirishga yaqin. Ukrainalik futbolchi shu kunlarda Toshkentga etib kelishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, “burgutlar” ikkinchi davraning ilk turini 3 avgust kuni safarda “Paxtakor”ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar