"Andijon" futbolchilari bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi
04 jan 2014 15:18
Yangiliklar


"Andijon" futbolchilari bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi
Malum muddatlik tanaffusdan so'ng yana yig'ilgan futbolchilar bugun tibbiyot xodimlarining nazoratidan o'tishdi.
Tarkibda aytarli yangi nomlar yo'q hozircha. Kecha jamoa mashg'uloti tog'li hududda joylashgan Ekin-tikin dahasida o'tkazilishi lozim edi. Ammo rejaga o'zgartirish kiritilib, futbolchilar "Sog'lom Avlod" stadionida shug'ullanishdi.
Azamat Abduraimov hozircha jamoa bilan birga emas. Malumotlarga ko'ra, bosh murabbiy Toshkentda bir qator masalalarni hal etish bilan band. SHu bois uning dushanba kuni Andijonga etib kelishi kutilmoqda.
SHuning uchun mashg'ulotlarni yordamchi murabbiy Orif Mamatkazin bilan Abdurashid Ismoilov o'tkazmoqda.Yuriy Coy, Akmal Tursunboev, Afzal Azizov, Ikrom Ibragimov, Dmitriy Kraev kabi bir qator o'yinchilar rasman jamoani tark etgani haqida malumotlar bor.
Aytishlaricha bugun futbolchilar AOZSKning yopik manejida shug'ullandi.Yangi haftadan tarkibga bir qator yangi o'yinchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Fikrlar